Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Soliqni hisoblab chiqarish tartibi va to„lash muddatlari


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Soliqni hisoblab chiqarish tartibi va to„lash muddatlari. Suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lovchilar tomonidan, dehqon 
xo‗jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va tashkil etmaydigan)dan tashqari, 
tasdiqlangan stavkalar bo‗yicha amalda olingan soliqqa tortiladigan suv 
hajmidan kelib chiqib hisoblanadi. 
Dehqon xo‗jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs tashkil 
etmaydigan) uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davlat soliq 
xizmati organlari tomonidan umuman xo‗jalik bo‗yicha o‗tgan yilda 1 ga 
sug‗oriladigan erga sarflangan suv hajmidan kelib chiqib hisoblanadi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan 
foydalanish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan 
quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‗lanadigan soliqning umumiy 
summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan ko‗pni 
tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‗jaligi korxonalari, 
mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) – har oyda, hisobot 
oyidan keyingi oyning 25-kunigacha; 
2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‗lanadigan soliqning umumiy 
summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kamni 
tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar va kichik 
korxonalar tomonidan – yilning har choragida, yilning hisobot choragidan 
keyingi oyning 25-kunigacha, yil yakunlari bo‗yicha esa yillik moliyaviy 
hisobot taqdim etiladigan muddatda; 
3) yagona yer solig‗ini to‗lashga o‗tmagan qishloq xo‗jaligi korxonalari 
tomonidan – yilda bir marta hisobot davrining 15 dekabrigacha; 
4) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – yilning har choragida yilning 
hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lash to‗g‗risidagi to‗lov 
xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‗jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobot davridan 
keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq byudjetga quyidagi 
muddatlarda to‘lanadi: 
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‗lovchilar tomonidan - 
hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi;
- yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo‗jaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‗lash 
yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga oshiriladi. 


135 
Soliq to‗lovchilar joriy yilning 15 yanvariga qadar suvdan foydalanish 
joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliqni belgilangan limitdan kelib 
chiqib yoki suv etkazib berish shartnomasiga ko‗ra har oyda yoki har chorakda 
to‗lashlari to‗g‗risida bildiruvnoma yuboradilar. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling