147
1991 yilda ―Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar
to‗g‗risida‖, 1993 yilda ―Yer solig‗i to‗g‗risida‖ O‗zbekiston
Respublikasi
Qonuni qabul qilinib, unda er solig‗ini undirishda soliqqa tortish ob‗ekti,
sub‗ektlari, soliq bo‗yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash va byudjetga to‗lash
tartiblari ko‗rsatib berildi. 1997 yilda ―Soliq kodeksi‖ning
qabul qilinishi hamda
1998 yildan uning kuchga kiritilishi bilan yer solig‗ining to‗laqonli huquqiy
asoslari yaratildi. Yer solig‗i O‗zbekiston soliq tizimida mahalliy soliqlar va
yig‗imlar tarkibiga kiradi hamda mahalliy byudjetlarning
barqaror daromad
manbai hisoblanadi.
Yer solig‗i boshqa soliq turlaridan farqli o‗laroq, o‗ziga hos xususiyatlarga
ega. Jumladan, o‗zining iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra u renta to‗lovidir yoki
boshqacha qilib aytganda ushbu soliq er egalari va erdan foydalanuvchi xo‗jalik
yurituvchi sub‗ektlar moliyaviy faoliyatining natijalari bilan bog‗liq emas.
Demak, ushbu soliqni joriy etilishidan maqsad – yerdan oqilona foydalanishni
rag‗batlantirish,
tuproq unumdorligini oshirish, sifati turlicha bo‗lgan erlarda
xo‗jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish,
aholi
yashaydigan joylarda infrastruktura rivojlanishini ta‗minlash hamda erni talon-
taroj qilinishiga yo‗l qo‗ymaslik hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasida jami er fondi 2008 yilda 44410,3 ming
gektarni tashkil etib, shundan 57,8 foizi qishloq xo‗jaligi
tovar ishlab
chiqaruvchilari ixtiyoridagi er maydonlariga to‗g‗ri kelgan. 2009 yilda esa 57,9
foizi, 2010 yilda 58,2 foizini tashkil qilgan (1-diagramma).
Do'stlaringiz bilan baham: