Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


-diagramma. O„zbekiston Respublikasi er fondi va uning


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

3-diagramma. O„zbekiston Respublikasi er fondi va uning 
foydalanuvchilar o„rtasidagi taqsimoti (ming ga.) 
Yer fondi hajmida qishloq ho‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yer 
maydonlarining o‗sishi fermer xo‗jaliklari sonining yildan-yilga ko‗payib 
borayotganligi va o‗rmon xo‗jaliklari ixtiyoridagi er maydonlarining bir 


148 
qismining ular tasarrufiga o‗tkazilishi hamda zaxira erlarning o‗zlashtirilishi 
bilan izohlanadi.
Yer solig„ini to„lovchilar. Soliq qonunchiligiga ko‗ra o‗z mulkida, 
egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‗lgan yuridik shaxslar, 
shu jumladan O‗zbekiston Respublikasining norezidentlari yer solig‗ini 
to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadi. Agarda soliqqa tortishning alohida tartibi 
o‗rnatilgan yuridik shaxslar (mikrofirma va kichik korxonalar, savdo va umumiy 
ovqatlanish korxonalari, yagona yer solig‗ini to‗lovchi qishloq ho‗jalik 
korxonalari, tadbirkorlik faoliyatining qat‗iy soliq to‗lanishi belgilangan yuridik 
shaxslar, audio va video kassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, yozish, 
ko‗paytirish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar) hamda notijorat 
tashkilotlar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan 
shug‗ullansalar, unda ular shu faoliyatda foydalaniladigan erlari uchun er 
solig‗ini to‗lovchilari hisoblanishadi.
Yer uchastkasidan foydalanganlik uchun soliq solish maqsadlarida 
mashina-traktor parklari (shu jumladan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‗jalik 
korxonalari hududida barpo etiladigan muqobil mashina-traktor parklari), pilla 
urug‗i tayyorlash, pilla tayyorlash va birlamchi ishlov berish korxonalari qishloq 
xo‗jaligi korxonalariga tenglashtiriladi.
Ko‗chmas mulk ijaraga berilganda ijaraga beruvchi yer solig‗ini to‗lovchisi 
hisoblanadi. Qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik 
shaxslar (savdo korxonalari bundan mustasno) er solig‗i o‗rniga byudjetga ijara 
haqi to‗laydilar. Ijara haqi taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu 
haq qonun hujjatlarida belgilangan yer solig‗ining bir stavkasidan kam va uch 
stavkasidan ko‗p bo‗lmasligi, erlardan qishloq xo‗jaligi ehtiyojlari uchun 
foydalanilgan taqdirda esa - bir stavkasi miqdorida bo‗lishi lozim. 
Yer ijarachilarining hisobi, ijaraga olingan er uchun ijara haqi hisob-
kitoblarini taqdim etish, ijara haqini hisoblab chiqarish va to‗lash yer solig‗i 
uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling