Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Yer solig„ini hisoblab chiqarish va byudjetga to„lash muddatlari


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Yer solig„ini hisoblab chiqarish va byudjetga to„lash muddatlari. Yer 
solig‗i yuridik shaxslar tomonidan har yili 1 yanvargacha bo‗lgan holatga qarab 
mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq bo‗yicha hisob-kitoblar er uchastkasi 
joylashgan hududdagi davlat soliq organiga joriy yilning 15 fevraligacha qishloq 
xo‗jaligi ahamiyatiga ega bo‗lmagan hamda qishloq xo‗jaligi ahamiyatiga molik 
erlar uchun belgilangan shakllar bo‗yicha taqdim etiladi. 
Bo‗shatib olinayotgan mablag‗lardan muayyan maqsadlar uchun 
foydalanish sharti bilan imtiyozlar olgan yuridik shaxslar soliq to‗lovchilar 
uchun belgilangan shakl bo‗yicha va muddatlarda er solig‗i hisob-kitobini 
taqdim etadilar. 
Yuridik shaxs hisoblangan dehqon xo‗jaliklari hisoblab yozilgan yer solig‗i 
umumiy summasining 95%ini byudjetga, 5%ini esa Dehqon va fermer 


155 
xo‗jaliklarini qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasiga to‗laydilar. Hisob-kitoblarda 
Jamg‗armaga to‗lanadigan summa alohida satrda aks ettiriladi. 
Yer solig‗ini hisoblab chiqarish yer uchastkasi haqiqatda egallagan 
maydondan kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Yer uchastkalarining umumiy maydonlari to‗g‗risidagi ma‗lumotlar yer 
uchastkasiga bo‗lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar yoki yerlarni 
inventarizatsiyalash dalolatnomalari bo‗yicha qabul qilinadi. 
Yil davomida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga mulk huquqi, yerga 
egalik qilish huquqi, yerdan foydalanish huquqi vujudga kelgan (bekor bo‗lgan) 
taqdirda, shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni kengaygan (kamaygan) 
yoki yer solig‗i bo‗yicha imtiyoz huquqlari to‗xtatib qo‗yilgan (paydo bo‗lgan) 
hollarda ular yer uchastkasi ajratilgan (olib qo‗yilgan) yoki imtiyozlar 
to‗xtatilgan (paydo bo‗lgan) kundan e‗tiboran bir oydan kechiktirmay davlat 
soliq organlariga yer solig‗i bo‗yicha hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart. 
Hisobot yili davomida yer mulklari tarkibida o‗zgarishlar yuz bergan 
yuridik shaxslar davlat soliq organlariga yer solig‗i to‗lanadigan hisobot yilining 
1 noyabriga qadar yer solig‗ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etadilar. 
Agar alohida bino bir necha yuridik shaxsning balansida bo‗lsa, yer 
solig‗ini har bir yuridik shaxs alohida, egallagan ishlab chiqarish xonalariga 
mutanosib ravishda to‗laydi. 
Ko‗p qavatli turar joylarning bir qismini egallagan yuridik shaxslar yer 
solig‗ini turar joy egallagan umumiy maydondan va mazkur yuridik shaxs 
tomonidan foydalaniladigan ishlab chiqarish xonalarining hissasidan kelib 
chiqib hisoblab chiqaradilar. 
Yuridik shaxslar (qishloq xo‗jaligi korxonalaridan tashqari) soliqni har 
chorakda, chorak ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlar bilan 
to‗laydilar (15 fevral, 15 may, 15 avgust, 15 noyabr). 
Agar yuridik shaxs yer uchastkasini hisobot choragi uchun to‗lash muddati 
tugaganidan keyin olgan bo‗lsa, ushbu davr uchun soliqni to‗lash muddati bo‗lib 
keyingi chorak uchun soliq to‗lash muddati hisoblanadi. 
Yagona yer solig‗ini to‗lashga o‗tmagan qishloq xo‗jaligi korxonalari yer 
solig‗ini hisobot yilining 1 iyuliga qadar – yillik soliq summasining 20 foizini, 
hisobot yilining 1sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizini va 
hisobot yilining 1 dekabriga qadar – hisoblangan soliqning qolgan (50 foizi) 
summasini to‗lashni amalga oshiradi.
Yil davomida ajratilgan er uchastkalari uchun soliq er uchastkasi ajratilgan 
oydan keyingi oydan boshlab to‗lanadi. (Masalan, vakolatli hokimiyat 
organining 15 avgustdagi qarori bilan korxonaga er ajratilsa, u er solig‗ini 1 
sentyabrdan boshlab to‗laydi). 
Yuridik shaxslarga yer solig‗i bo‗yicha imtiyoz belgilansa, ular ushbu 
huquq paydo bo‗lgan oydan boshlab soliq to‗lashni to‗xtatadilar. Yer solig‗i 
bo‗yicha imtiyoz huquqi to‗xtatilgan taqdirda ular yer solig‗ini ushbu huquq 
to‗xtatilgan oydan keyingi oydan boshlab to‗laydilar. 


156 
Soliq to‗lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‗langan taqdirda, 
agar boshqa soliqlar va yig‗imlar bo‗yicha qarz mavjud bo‗lmasa, ushbu 
summalar soliq to‗lovchiga o‗ttiz kun ichida uning yozma arizasi bo‗yicha 
qaytariladi yoki bo‗lg‗usi to‗lovlar hisobiga qayd etiladi. Yer solig‗i, s oliq 
to‗lovchining joylashgan eridan qat‘i nazar, hududida er uchastkasi joylashgan 
tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to‗lanadi. Agar er uchastkasi ham 
tuman, ham shahar hududida joylashgan bo‗lsa, soliq xuddi shu tartibda 
to‗lanadi. Yuridik shaxslarning byudjet bilan er solig‗i bo‗yicha hisob-kitoblari 
buxgalteriya hisobi byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzlarni hisobga olish 
hisobvarag‗ida yuritiladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling