Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol bo‟yicha dars maqsadi
- 2-asosiy savol bayoni: Yer solig„ini to„lovchilar, soliq ob„ekti va bazasi
Nazorat savollari:
Yer solig‗ini yuridik shaxslardan undirishning sababi nimada? Yer solig‗ining huquqiy asoslari O‗zbekistonda qachon shakllangan? O‗zbekistonda er fondi qanday tarkib topgan? Kimlar yer solig‗ini to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadi? Alohida soliq rejimiga o‗tgan yuridik shaxslar yer solig‗ini to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadimi? Yer solig‗ini undirish ob‗ekti nima? Soliq stavkalari qanday mezonlar asosida belgilanadi? Qanday yerlar soliq solinmaydigan er uchastkalari hisoblanadi? Qanday yuridik shaxslar yer solig‗idan ozod qilinadi? Yer solig‗ini hisoblab chiqarish va byudjetga to‗lash muddatlari qanday belgilangan? 2-savol bo‟yicha dars maqsadi: Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‗ini davlat byudjet daromadlarida tutgan o‘rni va soliqni hisoblash tartibi, muddatlarini aniqlab, tushuntirib berish. Identiv o‟quv maqsadlari: 2.1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‗ini tushuntira oladi. 2.2. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‗ini to‘lovchilarini izohlay oladi. 2.3. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‗ini hisoblab chiqara oladi. 2-asosiy savol bayoni: Yer solig„ini to„lovchilar, soliq ob„ekti va bazasi Soliq kodeksiga ko‗ra o‗z mulkida, egaligida, foydalanishida yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‗lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jaliklari yer solig‗ining to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadi. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‗lanadigan ijara haqi yer solig‗iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig‗ini to‗lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‗lash tartibi tatbiq etiladi. Jismoniy shaxslarning quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan ob‗ekt hisoblanadi: 158 dehqon xo‗jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; jamoa bog‗dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari; xizmat yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq berilgan chek yerlar; meros bo‗yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy, dala hovli bilan birgalikda egalik qilish huquqi ham o‗tgan yer uchastkalari; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari; tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari. Soliq kodeksiga ko‗ra ko‗chmas mulkka ega bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma‗lumotnomalari soliq solinadigan baza bo‗lib hisoblanadi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling