Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Yer solig„ini hisoblab chiqarish tartibi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

 Yer solig„ini hisoblab chiqarish tartibi 
Jismoniy shaxslar uchun yer solig‗ini davlat soliq organlarining xodimlari 
hisoblab chiqaradi. Davlat soliq xizmati organlari yer uchastkalari mulkdorlari, 
yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar bo‗lgan jismoniy 
shaxslarning muntazam hisobini yuritadilar. 
Dehqon xo‗jaliklari (yuridik shaxsni tashkil etmaganlari) hisoblab yozilgan 
yer solig‗i umumiy summasining 95 foizini byudjetga va 5 foizini Dehqon va 


160 
fermer xo‗jaliklarini qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasiga to‗laydilar. Shu 
munosabat bilan davlat soliq organlari dehqon xo‗jaliklariga yoziladigan to‗lov 
xabarnomalarida byudjetga to‗lanadigan yer solig‗i summasi va Jamg‗armaga 
to‗lanadigan yer solig‗i summasini alohida ko‗rsatadilar. 
Soliq to‗lanishi to‗g‗risidagi to‗lov xabarnomalari jismoniy shaxslarga 
davlat soliq organlari tomonidan har yili, joriy yilning 1 mayidan kechiktirmay 
topshiriladi. 
Yer uchastkalarining maydoni o‗zgarganda va yil davomida imtiyoz huquqi 
paydo bo‗lganda yoki bekor qilinganda davlat soliq organlari bir oy davomida 
soliqni qayta hisob-kitob qilishlari va soliq to‗lovchiga to‗lash muddatlari 
o‗zgarganini hisobga olgan holda yangi yoki qo‗shimcha to‗lov xabarnomasini 
taqdim etishlari shart. 
Jismoniy shaxslarga shahar va qo‗rg‗onlarda yakka tartibda uy-joy qurish 
uchun berilgan yer uchastkalarining maydonlari yakka tartibdagi uy-joylarni 
hisobga olish va nazorat qilish shahar yoki tuman boshqarmasi yoxud ishlab 
chiqarish uy-joy inspektsiyasining mavjud materiallari bo‗yicha hisobga olinib
har yili naturada aniqlashtiriladi. 
Jismoniy shaxslarga qishloq joylarda shaxsiy yordamchi xo‗jalik (dehqon 
xo‗jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkalari tomorqa yerlardan va jamoat 
yerlarida qo‗shimcha ajratilgan yer uchastkalaridan iborat bo‗lishi mumkin. 
Bunday holda tomorqa yerlar maydoni yer kadastri ma‗lumotlari bo‗yicha qabul 
qilinib, yuz bergan o‗zgarishlar har yili naturada aniqlashtiriladi. Jamoat 
yerlarida qo‗shimcha ajratilgan yer uchastkalari maydoni xo‗jaliklarning 
ma‗lumotlari bo‗yicha hisobga olinib, har yili aniqlashtiriladi. Agar jismoniy 
shaxs yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki shaxsiy yordamchi xo‗jalik (dehqon 
xo‗jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkasida tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‗ullansa yoki yerdan maqsadli foydalanishni o‗zgartirmasdan o‗z uyini ofis 
sifatida rasmiylashtirsa, bunda undan yer solig‗i yakka tartibda uy-joy qurilishi 
yoki dehqon xo‗jaligini yuritish uchun berilgan yerlar uchun belgilangan 
stavkalar bo‗yicha undiriladi. 
Ko‗p xonadonli turar joylarda yashaydigan jismoniy shaxslardan yer solig‗i 
undirilmaydi. Xonadondan yoki ko‗p xonadonli turar joylarning bir qismidan 
odamlarning yashashi bilan bog‗liq bo‗lmagan maqsadlarda foydalanilganda
belgilangan tartibda xonadonning umumiy maydonidan kelib chiqib, yer 
solig‗ining tegishli hissasi undiriladi. 
Egalik qilish huquqi meros bo‗yicha turar joy, noturar imorat va inshootlar, 
bog‗ uychasi o‗tishi bilan birga o‗tgan yer uchastkalari uchun yer solig‗i 
merosxo‗rlardan, meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini hisobga olgan 
holda undiriladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling