161
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi
ajratilgan oydan keyingi oydan boshlab to‗lanadi. Masalan,
vakolatli hokimiyat
organining 15 sentyabrdagi qarori bilan korxonaga yer ajratilsa, u yer solig‗ini 1
oktyabrdan boshlab to‗laydi.
Yer solig‗i to‗lovchi jismoniy shaxslar davlat
soliq xizmati organlarining
qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari ustidan davlat soliq
xizmatining yuqori organlari yoki sudga shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
Davlat soliq xizmati organlari soliqning to‗g‗ri hisoblab chiqarilishi va o‗z
vaqtida to‗lanishi ustidan belgilangan qonun hujjatlariga
muvofiq nazoratni
amalga oshiradilar.
Nazorat savollari:
1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‗ining to‗lovchilari kimlar?
2. Jismoniy shaxslarning qanday yerlari soliq solish ob‗ekti bo‗la oladi?
3. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‗i stavkalari qanday
belgilanadi?
4. Jismoniy shaxslar berilgan yerlardan
foydlanmagan holatda qanday
tartibda ulardan soliq undiriladi?
Mavzu bo‟yicha asosiy xulosalar:
Yer solig‗i boshqa soliq turlaridan farqli o‗laroq, o‗ziga hos xususiyatlarga
ega. Jumladan, o‗zining iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra u renta to‗lovidir yoki
boshqacha qilib aytganda ushbu soliq er egalari va erdan foydalanuvchi xo‗jalik
yurituvchi sub‗ektlar moliyaviy faoliyatining natijalari bilan bog‗liq emas.
Demak, ushbu soliqni joriy etilishidan maqsad – yerdan
oqilona foydalanishni
rag‗batlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, sifati turlicha bo‗lgan
erlarda
xo‗jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish,
aholi
yashaydigan joylarda infrastruktura rivojlanishini ta‗minlash hamda erni talon-
taroj qilinishiga yo‗l qo‗ymaslik hisoblanadi.
Soliq qonunchiligiga ko‗ra o‗z mulkida, egaligida
yoki foydalanishida yer
uchastkalariga ega bo‗lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‗zbekiston
Respublikasining norezidentlari yer solig‗ini to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: