Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Yagona soliq to„lovi, uning to„lovchilari va to„lovchilar tarkibiga


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Yagona soliq to„lovi, uning to„lovchilari va to„lovchilar tarkibiga 
kiritish mezoni. Mikrofirmalar va kichik korxonalarni jadal rivojlantirishni 
yanada rag‗batlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotida ahamiyati va 
ulushini tubdan oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni 
rivojlantirishni 
rag‗batlantirish 
borasidagi 
qo‗shimcha 
chora-tadbirlar 
to‗g‗risida»gi Farmoniga muvofiq 2005 yilning 1 iyuldan boshlab O‗zbekiston 
soliq tizimida kichik biznes sub‗ektlarining ba‗zi toifalari uchun yagona soliq 
to‘lovi joriy qilindi.  
U birxillashtirilgan bo‗lib, quyidagi majburiy to‗lovlarni to‗lash o‗rniga 
joriy qilingan: 
- yagona soliq; 
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi; 
- Respublika yo‗l jamg‗armasi;
- Maktab ta‗limini rivojlantirish jamg‗armasiga majburiy ajratmalar. 
Yagona soliq to‗lovini to‗lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza 
va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda 
soliq organlariga davlat maqsadli jamg‗armalariga majburiy ajratmalar bo‗yicha 
hisob-kitoblar alohida taqdim etilmaydi, shuningdek pensiya, yo‗l va maktab 
ta‗limini rivojlantirish jamg‗armalariga majburiy ajratmalar summalari alohida 
to‗lanmaydi. 
Yagona soliq to‗lovi faqat kichik biznes sub‘ektlari - mikrofirmalar va 
kichik korxonalarga tatbiq etiladi.
Yagona soliq to‗lovini to‗lovchilar ro‗yxati 2007 yil 1 yanvardan boshlab 
kengaydi. Jumladan, ular tarkibiga soliq solishning boshqa tizimini tanlash 
huquqisiz savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (Ulgurji savdo korxonalari 


165 
uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza – 
kontoralari va ularning xududiy bazalari bundan mustasno. Ular uchun 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 8 iyundagi ―Ixtisoslashtirilgan 
ulgurji baza – kontoralarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish to‗g‗risida‖ 
gi PQ-374-son qarori bilan nazarda tutilgan soliq solish tartibi saqlab qolinadi); 
mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga tegishli bo‗lgan tayyorlov va 
ta‗minot – sotish tashkilotlari, brokerlik firmalari, komissiya shartnomasi 
(topshirig‗i) bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar; soliq 
solishning boshqa tizimini tanlash huquqisiz lotereyalar va tavakkalchilikka 
asoslangan boshqa o‗yinlarni tashkil etish bo‗yicha faoliyatni amalga oshirish 
uchun yuridik shaxslar kiritildi. 
2007 yil 1 yanvardan yagona soliq to‗lovi to‗lovchilari hisoblangan 
alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar 
yagona soliq to‗lovini to‗lash huquqisiz, soliqlar va majburiy to‗lovlarni 
umumbelgilangan tartibda to‗lashga o‗tkazildi. Yer qa‗ridan foydalanganlik 
uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi 
mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‗lovi tadbiq etilmaydi. 
Bundan tashqari Soliq kodeksining 350-moddasiga ko‗ra yagona yer solig‗ini 
to‗lovchilarga, qat‗iy belgilangan soliqni to‗lash nazarda tutilgan mikrofirma va 
kichik korxonalarga hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi 
bo‗lgan mikrofirma va kichik korxonalarga ham yagona soliq to‗lovi tatbiq 
etilmaydi. 
Soliqlar va majburiy to‗lovlarni umumbelgilangan tartibda to‗lovchilar 
hisoblangan xususiy amaliyot bilan shug‗ullanadigan notariuslar esa soliq 
solishning boshqa tartibini tanlash huquqisiz yagona soliq to‗lovini to‗lashga 
o‗tkazildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi ―1998 yil 
9 apreldagi ―Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‗rta biznesni rivojlantirishni 
yanada rag‗batlantirish chora – tadbirlari to‗g‗risida‖ gi farmoniga o‗zgartirish 
va qo‗shimchalar to‗g‗risida‖gi PF-3305 sonli farmoniga ko‗ra 2004 yilning 1 
yanvaridan boshlab kichik biznes sub‗ektlari tarkibiga quyidagilar kiritilgan: 

yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchilar; 

xodimlarining o‗rtacha yillik soni:
- ishlab chiqarish tarmoqlarida 20 kishidan; 
- xizmat ko‗rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga bevosita aloqasi
bo‗lmagan tarmoqlarda 10 kishidan; 
- ulugurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan 
oshmagan mikrofirmalar; 

quyidagi tarmoqlarning o‗rtacha yillik xodimlari soni: 
- engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, 
yog‗ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati 100 
kishidan; 


166 
- mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‗i-energetika va kimyo sanoati, 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa 
sanoat-ishlab chiqarish sohalari 50 kishidan; 
- fan, ilmiy xizmat ko‗rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‗rsatish sohasi 
(sug‗urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda 
boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‗lmagan sohalar 25 kishidan oshmagan 
kichik korxonalar.
Kichik biznes sub‗ektlariga amaldagi soliq qonunchiligiga ko‗ra tadbiq 
etiladigan soliq imtiyozlari va preferentsiyalar faqat yuqoridagi sanab o‗tilgan 
sub‗ektlarga taalluqli bo‗ladi. 
U yoki bu korxonaning yuqorida aytilgan sub‗ektlar toifalarining 
birortasiga kiritilish mezoni bo‗lib xodimlarning yillik o‗rtacha soni, shu 
jumladan unitar (sho‗‘ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda 
ishlaydiganlar soni hisoblanadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling