Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

 
Izoh: 
Agar chakana savdo korxonalari mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan 
va yagona soliq to‘lovining turli stavkalari belgilangan turli aholi punktlarida 
joylashgan bir necha savdo nuqtalariga ega bo‘lsa, unda ular har bir savdo 
nuqtasi bo‘yicha tovar oborotining alohida hisobini yuritishlari hamda mazkur 
aholi punktlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovini 
to‘lashlari lozim. 
Agar savdo korxonalri, jumladan ulgurji va chakana dorixonalar, yagona 
soliq to‗lovining turli stavkalari o‗rnatilgan aholi punktlarida mustaqil yuridik 
shaxslar hisoblanmagan bir necha savdo shahobchalariga ega bo‗lsalar, ular har 
bir savdo shahobchasi bo‗yicha tovarlar aylanmasini alohida-alohida hisobini 
yuritishlari va shu aholi punktlari uchun o‗rnatilgan soliq stavkalari bo‗yicha 
yagona soliq to‗lovini to‗lashlari shart. 
Bunda savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan tashqari boshqa 
daromadlari, moliyaviy faoliyatdan daromadlari va O‗zbekiston Respublikasi 
Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlari savdo korxonasi 
davlat soliq xizmati organlarida ro‗yxatdan o‗tgan joy uchun o‗rnatilgan 
stavkasi bo‗yicha yagona soliq to‗lovini to‗laydilar. 
Agar savdo korxonalari balansida qayd etilgan asosiy vositalarni ijaraga 
topshirsalar, ular ijaraga berilgan ushbu aktivlar qiymatidan umumbelgilangan 
tartibda mol-mulk solig‗ini to‗laydilar hamda ularga mol-mulk solig‗i bo‗yicha 
imtiyozlar tatbiq etilmaydi. 
Savdo korxonalari yagona soliq to‗lovini mustaqil ravishda soliq 
solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab 
chiqadilar va byudjetga to‗laydilar. 
Yagona soliq to‗lovini hisob-kitobi ro‗yxatdan o‗tgan joyidagi davlat soliq 
xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot oydan keyingi 
oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‗yicha esa, yillik moliyaviy 
hisobot taqdim etiladigan muddatlarda davlat soliq xizmati organlariga 
belgilangan shaklda (3-ilova) taqdim etiladi. 
Yagona soliq to‗lovini to‗lash ortib boruvchi yakun bilan hisob-kitobini 
taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling