Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-savol bo‟yicha dars maqsadi
- 2-asosiy savol bayoni: Yagona yer solig„ining joriy etilishi va ahamiyati.
Nazorat savollari:
1. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini soliq amaliyotida tatbiq etishning zarurligi nimada? 2. Soliq amaliyotida ilk bor qachon soddalashtirilgan soliq rejimi joriy qilingan va qaysi me‗yoriy xujjat asosida? 3. Kichik biznes sub‗ektlari tarkibi qaysi mezonlar asosida belgilanadi? 4. Yagona soliq to‗lovi qachon joriy etildi? 5. Yagona soliq bilan yagona soliq to‗lovining farqi nimada? 6. Yagona soliq to‗lovini to‗lovchilari kimlar? 7. Yagona soliq to‗loviga soliq stavkalari qaysi mezon asosida belgilanadi? 178 8. Qanday yuridik shaxslar yagona soliq to‗lovidan imtiyozga ega? 9. Yagona soliq to‗lovi byudjetga qaysi muddatlarda to‗lanadi? 10. Yagona soliq to‗lovini byudjetga kechiktirib to‗lash tartibi qanday? 11. Qanday holatlarda yagona soliq to‗lovini byudjetga kechiktirib to‗lashni soliq organlari rad etish mumkin? 2-savol bo‟yicha dars maqsadi:Yagona yer solig‘ini joriy qilinishi, soliq stavkalari, kimlarga nisbatan qo‘llanilishi va soliq hisoblash bo‘yicha tushunchalar hosil qilish. Identiv o‟quv maqsadlari: 2.1. Yagona yer solig‘ini tushuntira oladi. 2.2. Yagona yer solig‘ini to‘lovchilarini izohlay oladi. 2.3. Yagona yer solig‘ini hisoblab chiqara oladi. 2-asosiy savol bayoni: Yagona yer solig„ining joriy etilishi va ahamiyati. 1999 yilda qishloq xo‗jalik korxonalarini soliqqa tortish tizimida tub o‗zgarishlar yuz berdi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi ―Qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig‗ini joriy etish to‗g‗risida‖ gi PF-2086-sonli Farmoniga muvofiq 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‗i joriy etildi. Qishloq xo‗jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‗ini joriy etilishi, o‗z navbatida ularni quyidagi soliqlar va yig‗imlarni to‗lashdan ozod qildi: - foyda solig‗i; - qo‗shilgan qiymat solig‗i; - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; - yer solig‗i; - yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; - mol-mulk solig‗i; - obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i; - boshqa mahalliy soliqlar va yig‗imlar. Yagona yer solig‗i to‗lovchilari hisoblangan qishloq xo‗jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona to‗lovlari, davlat boji, litsenziya yig‗imlari, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, shuningdek aktsizosti mahsulotlarga aktsiz solig‗ini to‗lashning amaldagi tartibi saqlab qolindi. Yagona yer solig‗ini joriy qilishdan maqsad qishloq xo‗jalik erlaridan foydalanish samaradoriligini oshirish, qishloq xo‗jalik tovar ishlab chiqaruvchilarini mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish, qishloq xo‗jalik korxonalarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va birxillashtirishdan iboratdir. Mazkur soliqning amalga kiritilishi qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarni tasarrufidagi erlaridan yanada oqilona foydalanishga da‗vat etadi, chunki har bir gektar er maydoni uchun undan daromad olish yoki 179 daromad olmaslik holatidan qat‗iy nazar belgilangan miqdordagi soliq summasini to‗lash lozim bo‗ladi. Qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‗ining joriy etilishi soliqqa tortish tizimida uning amal qilishi jarayonini yanada takomillashtirishdan dalolat beradi. Soliqqa tortishning ushbu tizimi xo‗jaliklar hisobchilarining soliqlarni hisoblash va to‗lash borasidagi ishlarnini keskin kamaytirdi. Ilgari qishloq xo‗jalik korxonalari o‗nlab turdagi soliqlar va yig‗imlarni to‗lashardi. Agar ayrim soliq turlarining har oyda va har yilning har choragida to‗lanishini hisobga oladigan bo‗lsak, unda ayrim xo‗jaliklar davlat soliq organlariga soliqlar bo‗yicha 30 dan ortiq hisob-kitoblarni taqdim etishi, 1 yilda ana shuncha to‗lov topshiriqnomalarini to‗ldirishi kerak bo‗lar edi. Endilikda esa xo‗jaliklar 1 yilda 1 marta bir turdagi soliq summaini hisoblab chiqishadi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling