Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

 Soliqdan imtiyozlar. Soliq qonunchiligiga ko‘ra soliq solinmaydigan yer 
uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi: 
a) qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari
b) ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
v) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suv havzalari, 
sportning texnik turlari ob‗ektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog‗lomlashtirish 
komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sog‗lomlashtirish joylari, 
sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o‗quv-mashq bazalari 
egallagan yerlar; 
g) yangi o‗zlashtirilayotgan erlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari 
olib borilayotgan sug‗oriladigan yerlar - loyihada nazarda tutilgan muddatga
lekin ishlar boshlanganidan e‗tiboran ko‗pi bilan besh yilga. Agar loyihada 
yerlarni o‗zlashtirish va meliorativ ishlarni amalga oshirish muddatlari 
ko‗rsatilmagan yoki yer uchastkasi boshqa muddatlarda topshirilgan bo‗lsa, yer 
uchastkasi uchun soliq meliorativ ishlar va yangi yerlarni o‗zlashtirish ishlari 
bajarilgan yillar uchun to‗lanmaydi, lekin u 5 yildan oshmasligi kerak; 
d) ta‗lim, madaniyat va sog‗liqni saqlash ob‗ektlari band etgan yerlar; 
e) yangi tut ko‗chatlari ekilgan yerlar, qator oralaridan qishloq xo‗jaligi 
ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat‘i nazar, uch yil muddatga. Shu 
munosabat bilan bahorda ekilgan tut ko‗chatlari ekilgan yilni hisoblaganda uch 


181 
yilga soliq to‗lashdan ozod etiladi, kuzda ekilgan ko‗chatlar esa ularni ekishdan 
keyingi yildan boshlab uch yilga soliq to‗lashdan ozod etiladi; 
j) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‗jaligi ahamiyatiga molik va o‗rmon 
fondidagi erlari, qishloq xo‗jaligi va o‗rmon xo‗jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot 
tashkilotlari hamda o‗quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‗quv-
tajriba xo‗jaliklarining bevosita ilmiy va o‗quv maqsadlari uchun 
foydalaniladigan yerlari; 
z) yangi barpo etilgan qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, shu 
jumladan fermer xo‗jaliklari, davlat ro‗yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil 
muddatga; 
k) O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliq 
solinmaydigan boshqa yerlar. 
Qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga soliqdan imtiyoz 
belgilanganda ular soliqni ushbu huquq paydo bo‗lgan oydan boshlab to‗lashni 
to‗xtatadilar. Soliq imtiyozlari bekor qilingan taqdirda ular yer solig‗ini ushbu 
huquq bekor qilingan oydan keyingi oydan boshlab to‗lashni boshlaydilar. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling