182
Globallashuv sharoitida jaxon tajribasi shuni ko‗rsatadiki,
agrar tarmoqning
jadal o‗sishi mamlakatda iqtisodiyotning yuksalishi uchun asosiy omillardan biri
bo‗lib hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‗jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilarining soliqqa tortish tizimi yanada
soddalashtirilishga qarab
ketmoqda. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida soliqlar tabaqalashtirilgan bo‗lib,
o‗rnatilgan soliqlar soliq ob‗ektidan yoki daromad olish darajasidan kelib chiqib
byudjetga to‗lanadi. Agrar sektorga ma‗lum bir imtiyozlar hamda maxsus soliq
rejimi qo‗llaniladi va ular albatta ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‗liq
bo‗ladi. Bu xususiyatlarga fasllar almashinuvi, tabiiy
ob-havo sharoitlarini misol
qilish mumkin. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo‗jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilari to‗laydigan soliqlar tarkibiga nazar tashlanganda,
ularning turli
mamlakatlar miqyosida soliq turlariga qarab soliqlarni tabaqalashganini ko‗rish
mumkin (14-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: