Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

N = V x St,
bu erda: 
N - hisoblab yozilgan soliq; 
V - jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yonilg‗isi yoki gazning 
natural ifodadagi hajmi
St – soliq stavkasi.
Hisoblab chiqarilgan va ushlangan soliq summasi xo‗jalik yurituvchi 
sub‗ektlar uchun tushum deb hisoblanmaydi hamda boshqa to‗lanadigan 
soliqlar, yig‗imlar va majburiy to‗lovlar bo‗yicha soliq solish ob‗ekti yoki bazasi 
bo‗lmaydi. 
Soliq hisobini yuritish va uni byudjetga to„lash muddatlari 
Soliq to‗lovchilar sotilgan benzin, dizel yonilg‗isi, gaz hisobi hamda 
hisoblangan soliq summalari hisobini alohida yuritadilar.
Byudjet bilan hisob-kitoblar hisobi "Byudjet bilan hisob-kitoblar" 
hisobvarag‗i bo‗yicha - "Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, 
dizel yonilg‗isi va gaz iste‘moliga soliq" ilova hisobvarag‗ida yuritiladi, soliqni 
o‗tkazish "Hisob-kitob varag‗i" hisobvarag‗i bo‗yicha aks ettiriladi.
Undirilgan soliq mahalliy byudjetga O‘zbekiston Respublikasi byudjetlari 
daromad va xarajatlarining tegishli tasnifiga ko‗ra bo‗lim va paragrafga 
to‗lanadi. 
Joriy o‗n kunlik to‗lovlar hisobga olingan soliq bo‗yicha hisob-kitob (13-
ilova) avtomobilga yonilg‗i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi davlat soliq 
xizmati organlariga: 
-korxonalar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) – 
har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil 
yakunlari bo‗yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda 
taqdim etiladi; 
-mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida 
hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari 
bo‗yicha esa - yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida, belgilangan 
shaklda taqdim etiladi.
Soliq bank muassasalari orqali har o‗n kunda, benzin, dizel yonilg‗isi va 
gaz jismoniy shaxslarga sotilgan oy o‗n kunligi tugaganidan so‗ng uchinchi 
kundan kechiktirmay to‗lanadi.
Soliq hisobotida ko‗rsatilgan ma‗lumotlarning xaqqoniyligiga javobgarlik 
soliq to‗lovchining zimmasiga yuklanadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling