Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Mas‟ul muharrir: iqt. fan.nom. dot. Sattorqulov O.T.
Taqrizchilar: i.f.d.prof. Mamatov A.A. 
iqt. fan.nom. dot. Rayimberdiyeva O.R. 

 Universitet -2019 



 
MUNDARIJA 
Kirish ……………………………………………………………….........…….. 4 
Soliq va soliqqa tortish fani bo‘yicha ta‘lim texnologiyalarini ishlab chiqishning
kontseptual asoslari............................................................................................. .14 
Fan bo‘yicha sillabus materiallari……………………………………………16
1-mavzu. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, obyektiv zaruruligi, soliq siyosati
va soliq tizimi.………................……………………..….…………….....…… 23 
2-mavzu. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‗i…...…………..........38 
3-mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ……...…….…......55 
4-mavzu. Egri soliqlar va ularning iqtisodiy mohiyati………….……….......…70 
5-mavzu. Mol-mulk solig‘i….. ………………….……………………….......103 
6-mavzu. Resurs soliqlari ………………………………………………........118 
7-mavzu. Yer solig‗i…………………………………………………………134 
8-mavzu. Soddalashtirilgan soliq tizimi……………………………………...151 
9-mavzu. Boshqa soliqlar va soliqsiz to‘lovlar………………….…….......…178 
Amaliy mashg‘ulotlr………………………………………… ………..........191 
Fan bo‘yicha masalalar………………………………………………………198 
Fan bo‘yicha nazorat savollari………………………………….….………...205 
Fan bo‘yicha testlar …………………………………………………….........209 
Glossariy ....................................................................................................... ...218 
Informatsion – uslubiy ta‘minot …….…………………………….................225 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida soliqlar va ularga tenglashtirilgan 
to‘lovlar davlat byudjetining asosiy daromad manbasi hisoblanadi, shuning 
uchun noiqtisodiy ta‘lim ixtisosligi talabalari yuridik hamda jismoniy shaxslardan 
undiriladigan soliqlar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha chuqur 
bilimga ega bo‘lishi, to‘lovlarni hisoblash va byudjetga to‘lash tartiblarini soliq 
nazariyasi, soliq qonunchiligi asoslari, soliqni prognoz qilish va boshqa 
o‘zlashtirgan bilimlari asosida mukammal o‘rgangan etuk mutaxassis bo‘lib 
etishishini bugungi kun talabi taqozo etmoqda. Soliqlar va soliqqa tortish fani 
bo‘yicha noiqtisodiy mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq 
islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan 
farmon va qarorlarning ma‘no hamda mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga 
ega bo‘lish bilan bir qatorda soliq turlarini, soliq ob‘ektlari, sub‘ektlari, soliqni 
hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga hisob-
kitoblarni taqdim etish tartibi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur.
Xalqimizning xuquqiy saviyasi va xuquqiy ongini oshirish davlat 
siyosatining ustivor yunalishlaridan ekanligi ta‘kidlanayotgan, mutaxassis 
kadrlar tayyorlashda ularning xuquqiy bilimlarni chuqur egallashlariga aloxida 
e‘tibor qaratilayotgan bugungi kunda ona tilimizda va Uzbekiston Respublikasi 
milliy qonunchiligi asosida solikka oid darsliklar, uquv qullanmalari, adabiyotlar 
yaratilishi dolzarb va xayrli ish ekanligi shubxasizdir. 
Ayniqsa davlat moliyasiga oid munosabatlarga, davlat byudjeti daromadlarini 
shakllantirishga, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularning soliq 
soxasidagi Konstitutsiyaviy majburiyatlarini uz vaqtida, savodli tarzda 
bajarishlariga kumaklashuvchi darslik yaratilishi ayni paytda qilingan ish deb 
baxolanmoki zarur. Chunki Uzbekistonning yangi, 2019 yil 1 yanvardan amalga 
kiritilgan Soliq kodeksi mutaxassislar tomonidan chuqur uzlashtirib olinishi, 
keng xalq ommasi orasida xar tomonlama targib va tashviq qilinishi lozim.
Zero soliq qonunlarini soliq tulovchilar tomonidan tuliq va okishmay 
bajarilishi bu qonunlarni chuqur uzlashtirishni taqozo etadi. Bu maqsadga 
erishish soliqlar va boshqa majburiy tulovlarni davlat xamda maxalliy 
byudjetlarga uz vaqtida, tula xajmda kelib tushishini, soliqqa oid va boshqa 
xujalik faoliyatiga oid xuquqbuzarliklar xamda jinoyatlarning oldi olinishiga, 
davlatimizning iqtisodiy qudrati yuksalishiga, isloxotlarni muvaffaqiyat bilan 
olga siljishiga, xalqimiz moddiy farovonligi va madaniyatining yuksalishiga 
xizmat qilishi shak-shubxasizdir.
Mazkur ma‘ruzalar matnida soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati
ob‘ektiv zarurligi, soliq tizimida va davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i, 
soliq tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, soliq siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari, yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibi, ular to‘laydigan soliqlar 
va soliqqa tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish mexanizmi, shuningdek jismoniy 
shaxslarni soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi holati batafsil yoritilgan.



Soliq tushunchasi paydo bo‘lganidan boshlab, uni joriy qilish va soliq 
munosabatlarini rivojlantirish bilan muntazam shug‘ullanib kelingan. Soliqlar 
bo‘yicha klassik iqtisodchi olimlardan A. Smit, D. Rikardo, U. Petti, N. 
Turgenov, D. Yum, A. Laffer hamda hozirgi zamon iqtisodchi olimlaridan R. 
Kempbell, K. Makkonel, V. Tverdoxlebov, S. Fisher, A. Voznesenskiy, V. 
Gluxov, E. Teyt, E. Glazova, D. Cherniklarning asarlarida batafsil yoritilgan. 
Bundan tashqari respublikamiz iqtisodchi olimlaridan I.A. Karimov, M. 
Sharifxo‘jaev, S.S. G‘ulomov, H. Sobirov, Q. Yahyoev, T. Malikov, N. 
Haydarov, E. Gadoev, O. Olimjonov, M. Alimardonov, B. Toshmurodova, Sh. 
Gataulin, D. Shaulov kabilarning ilmiy asarlarida soliqlar va soliq munosabatlari 
to‘g‘risida fikr yuritilgan. Mazkur ma‘ruzalar matnini yaratish jarayonida 
yuqorida nomlari zikr etilgan iqtisodchi olimlarning soliqlar bo‘yicha olib 
borgan ilmiy ishlaridan keng foydalanildi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq Kodeksi, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 
Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi 
tomonidan tasdiqlangan me‘yoriy hujjatlar va Internet tarmog‘i ma‘lumotlaridan 
hamda Davlat soliq qo‘mitasi hisobot materiallaridan keng foydalanildi. 
Fan bo‘yicha baholash mezonlari oldindan berilib, ma‘ruza va seminar 
mashg‘ulotlari davomida soliq turlarining hisoblanish uslubiyatini tavsiflovchi 
masalalar, tahliliy jadvallar, slaydlar hamda ko‘rgazmali qurollar qo‘llanilishiga 
hamda yangi pedagogik texnologiyalar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilishiga 
alohida e‘tibor qaratilishi kerak. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling