Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo„shilgan qiymat solig„idan


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo„shilgan qiymat solig„idan 
ozod etilgan: 

to‗lovlar, o‗tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to‗lov vositalari 
bilan bog‗liq operatsiyalar, inkasso bo‗yicha operatsiyalar; 

milliy valyuta va chet el valyutasi bilan bog‗liq operatsiyalar; 

qimmatli qog‗ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli 
qog‗ozlar) bilan bog‗liq operatsiyalar; 

akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko‗rsatish; 

pul mablag‗larini konvertatsiya qilish bo‗yicha operatsiyalar; 

chet el valyutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish; 

kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, berish, 
qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash va saqlash); 

forfeyting va faktoring operatsiyalari; 

lombard operatsiyalari (garovga qo‗yilgan mol-mulkka qisqa muddatli 
kreditlar berish); 


92 

jamg‗arib boriladigan pensiya tizimi mablag‗larining oboroti. 

va boshqa oborotlar. 
Qo„shilgan qiymat solig„idan ozod etilgan sug„urta xizmatlari bo„lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
1) sug‗urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, 
qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod qilinadi: 
a) sug‗urta qilish, birgalikda sug‗urta qilish va qayta sug‗urta qilish 
shartnomalari bo‗yicha sug‗urta mukofotlari; 
b) qayta sug‗urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‗yicha vositachilik 
haqi va tantemalar;
v) sug‗urta agenti, sug‗urta va qayta sug‗urta brokeri, syurveyer hamda 
sug‗urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun 
vositachilik haqi;
g) qayta sug‗urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‗yicha sug‗urta 
to‗lovlari ulushining qayta sug‗urtalovchilar tomonidan to‗lanadigan to‗lovini; 
d) sug‗urta qilish, birgalikda sug‗urta qilish va qayta sug‗urta qilish 
shartnomalari bo‗yicha uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress) tartibida 
talab qilish bo‗yicha daromadlar;
e) sug‗urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar,
ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‗rsatgan 
xizmatlardan olinadigan daromadlar
j) qayta sug‗urta qilish shartnomalari bo‗yicha depo mukofotlariga
hisoblangan hamda qayta sug‗urta qildiruvchi tomonidan qayta sug‗urtalovchiga 
o‗tkazilgan foizlar;
z) hayotni sug‗urta qilish shartnomalari bo‗yicha sug‗urta qildiruvchilar 
taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar; 
i) sug‗urtalovchining (qayta sug‗urtalovchining) investitsiya faoliyatidan 
olinadigan daromadlar, shu jumladan sug‗urta rezervlari va sug‗urta fondlari 
mablag‗larini investitsiyalashdan olinadigan daromadlar; 
k) sug‗urta qilish, birgalikda sug‗urta qilish va qayta sug‗urta qilish 
shartnomalari bo‗yicha franshizlarni qoplashdan olinadigan daromadlar; 
l) qonun hujjatlariga muvofiq sug‗urtalovchiga o‗tgan, sug‗urta
qildiruvchining (naf oluvchining) etkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan 
talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
m) qayta sug‗urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan 
taqdirda, ular bo‗yicha sug‗urta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi 
summalari;
n) bevosita sug‗urta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa 
daromadlar; 
2) sug‗urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo‗shilgan qiymat 
solig‗idan ozod qilinadi: 
a) sug‗urta to‗lovi (sug‗urta tovoni); 
b) preventiv tadbirlar o‗tkazish uchun beriladigan mablag‗lar; 


93 
v) sug‗urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sug‗urtalovchi 
to‗laydigan mablag‗lar; 
g) sug‗urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag‗lar. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling