Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Tovarlarni import qilishda quyidagi hollarda qo„shilgan qiymat


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Tovarlarni import qilishda quyidagi hollarda qo„shilgan qiymat 
solig„idan ozod etiladi: 
1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib 
kirilayotgan tovarlar
2) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan
vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning 
diplomatik va ma‗muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning o‗zlari bilan 
birga yashayotgan oila a‗zolari shaxsiy foydalanishi uchun mo‗ljallangan 
tovarlar;
3) O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan tovarlar; 
4) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya yordami 
maqsadida, shu jumladan texnik ko‗mak ko‗rsatish maqsadida olib kirilayotgan 
tovarlar;
5) davlatlar, hukumatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan grant 
mablag‗lari hisobidan olib kirilayotgan tovarlar; 
6) dori vositalari va tibbiy (veterinariya) buyumlari, shuningdek dori 
vositalari va tibbiy (veterinariya) buyumlari ishlab chiqarish uchun olib 
kirilayotgan xom ashyo;
7) O‗zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq 
tasdiqlanadigan ro‗yxat bo‗yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, 
shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni etkazib berish 
texnologik asbob-uskunalarni etkazib berish kontrakti shartlarida nazarda 
tutilgan bo‗lsa. Import qilingan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan 
paytdan e‗tiboran uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin 
berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo‗llanilgan butun 
davr uchun qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lash bo‗yicha majburiyatlar tiklangan 
holda bekor qilinadi; 
8) investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‗yicha vakolatli davlat 
organi o‗rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari 
sifatida olib kiriladigan mol-mulk; 
9) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‗i mavjud bo‗lgan 
taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari 
tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‗yicha maxsus organ 
tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari; 
10) bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan chet el 
investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o‗z ishlab chiqarishida foydalanish 
uchun olib kirayotgan xom ashyo, materiallar va yarim mahsulot. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling