Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

 


96 
5-jadval 
Qo„shilgan qiymat solig„ini hisoblashning 1999 yildan joriy etilgan 
usulining taqqoslama tahlili (raqamlar shartli) 
 
№ Ko„rsatkichlar 
1999 yilga qadar 
1999 yildan keyin 
Oborot 
qo„shilgan 
qiymat 
solig„i 
oborot 
qo„shilgan 
qiymat 
solig„i 
1. 
Hisobot davrida sotib 
olingan 
xom-ashyo, 
materiallar 
100 
20 
100 
20 
2. 
Ishlab 
chiqarishga 
ishlatilgan 
xom-
ashyo, materiallar 
50 
10 
50 
10 
3. 
Tovarlar 
(ish 
va 
xizmatlar)ni 
sotish 
oboroti, ya‗ni soliqqa 
tortiladigan oborot 
200 
40 
200 
40 
4. 
Byudjetga 
hisoblangan 
soliq 
summasi 

30 (40-10) 

20 (40-20) 
Bu tartibdagi hisoblash mexanizmi korxonalarning oborot mablag‗larini 
chetlanishini keskin kamaytiradi.
Qo„shilgan qiymat solig„ini byudjetga to„lash va hisob-kitoblarni taq-
dim etish muddatlari. Hisobvaraq faktura va uni to„ldirish tartibi 
Qo‗shilgan qiymat solig‗i bo‗yicha hisob-kitoblarni (5-ilova) korxona ortib 
boruvchi yakun bilan ro‗yxatdan o‗tgan joyidagi Davlat soliq idoralariga har 
oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan va yil 
yakunlari bo‗yicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida qo‗shilgan 
qiymat solig‗ini to‗lovchilari hisoblangan mikrofirma va kichik korxonalar 
yilning har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan 
kechiktirmay, yil yakunlari bo‗yicha esa yillik moliyaviy hiobot topshirilgan 
muddatda taqdim etadi.
Soliq to‗lovchilar qo‗shilgan qiymat solig‗ining hisob-kitoblari bilan bir 
vaqtda hisobot davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‗yicha 
hisobvaraq-fakturalar reestrini ham taqdim etadilar. Hisobvaraq-fakturalar 
reestrining shakli davlat soliq qo‗mitasi tomonidan belgilanadi. 
Hisobotlarni o‗z vaqtida topshirmaslik korxona va korxonaning 
mansabdor shaxslariga nisbatan Davlat soliq idoralari tomonidan moliyaviy va 
ma‗muriy jazo – choralarini qo‗llanishiga olib keladi. 
Korxonalar qo‗shilgan qiymat solig‗ini soliq hisobini topshirgan kundan 
kechiktirmay tegishli davrdagi haqiqiy sotish oborotidan kelib chiqib to‗laydi. 
Agar korxona hisoblangan soliq summasini byudjetga o‗z vaqtida o‗tkazib 


97 
bermasa, bunday holatda Davlat soliq idoralari mas‘ul xodimlari tomonidan 
hisoblangan soliq sumasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kun uchun 0,05 foiz 
miqdorida penya (moliyaviy jazo) qo‗llanilishiga olib keladi. Bunda korxona 
rahbariyatiga nisbatan ma‗muriy chora qo‗llanilmaydi. 
1998 yil 1 yanvardan O‗zbekistondagi barcha korxonalar va tashkilotlar 
uchun, shu jumladan soliqqa tortishning alohida tartibi o‗rnatilgan kichik 
korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda qo‗shilgan qiymat 
solig‗idan ozod bo‗lgan korxonalar ham tovarlarni sotganda, ish va xizmatlar 
ko‗rsatganda hisobvaraq fakturani to‗ldirishi qonun asosida shart qilib 
belgilandi. 
Hisobvaraq-faktura mahsulot etkazib beruvchi tomonidan tovarlarni yuklab 
jo‗natilishi, ish va xizmatlar ko‗rsatilishi sanasi (kuni)dan kechiktirmasdan 
yoziladi. 
Hisobvaraq-fakturada - uning tartib raqami va yozilgan sanasi, 
jo‗natiladigan tovarlar bo‗yicha shartnomalar raqami va sanasi hamda soliq 
to‗lovchi va xaridorning nomi, manzili STIRi va shu kabi rekvizitlari 
ko‗rsatiladi. 
Jadvalli shaklni to‗ldirishda quyidagilarni qayd etish kerak (6-ilova):

1-ustunda, tovarlar (ish va xizmatlar) nomi;

2-ustunda tovarlarning o‗lchov birligi (dona, metr, kg, va xokazo);

3-ustunda yuklab jo‗natiladigan tovarlarning miqdori yoki soni;

4-ustunda tovarlarning shartnoma bo‗yicha qo‗shilgan qiymat solig‗isiz 
narxi;

5-ustunda tovarlarning jami etkazib berish qiymati (qo‗shilgan qiymat 
solig‗isiz);

6-ustunda qo‗shilgan qiymat solig‗i stavkasi, agar qo‗shilgan qiymat 
solig‗idan ozod bo‗lsa chiziqcha tortib qo‗yiladi;

7-ustunda jo‗natilayotgan tovarlar bo‗yicha tegishli stavkalarga ko‗ra 
hisoblangan qo‗shilgan qiymat solig‗i summasi; 

8-ustunda, jo‗natilayotgan tovarlarning qo‗shilgan qiymat solig‗i bilan 
hisoblangan summasi.
Soliq kodeksiga ko‗ra qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchisi bo‗lmagan, 
shuningdek qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lashdan ozod qilingan oborotni amalga 
oshirayotgan yuridik shaxslar 6- va 7- ustunga ―Qo‗shilgan qiymat solig‗i 
summasiz‖ degan shtampini qo‗yishadi, agar shtamp bo‗lmasa qo‗lda yozib 
qo‗yishadi va 8 ustunni to‗ldirishmaydi. 
Agarda korxona aktsiz osti tovarlar ishlab chiqarsa unda hisobvaraq-
fakturaga qo‗shimcha ustunlar kiritiladi va ushbu ustunlarda aktsiz stavkasi va 
summasi aks ettiriladi (chunki aktsiz summasi ham qo‗shilgan qiymat solig‗iga 
tortiladi). 
Hisobvaraq-faktura korxona rahbari va bosh hisobchisi tomonidan 
imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi. 
Hisobvaraq-faktura etkazib beruvchi korxona tomonidan 2 nusxada 
to‗ldiriladi, 1-nusxasi xaridorga beriladi va u xaridorga qo‗shilgan qiymat solig‗i 


98 
summasini belgilangan tartibda hisobga kiritish uchun huquq beradi, 2-nusxasi 
esa korxonaning o‗zida qoladi. 
Ta‗kidlash joizki, bevosita aholiga pullik xizmatlar (ishlar)ni ko‗rsatadigan 
korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda kassa cheki yoki 
xizmatlar ko‗rsatilishi (ishlar bajarilishi)ni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar 
hisobvaraq-faktura hisoblanadi. Bunda bu hujjatlarda qo‗shilgan qiymat solig‗i 
ajralib turishi lozim.
O‗z mahsulotlarini (tovarlarini, ishlarini, xizmatlarini) uzluksiz etkazib 
beradigan 
korxonalar 
bo‗yicha 
hisobvaraq-fakturalar 
iste‗molchilarga 
hisobvaraqni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda, lekin bir oyda bir martadan kam 
bo‗lmagan tarzda yoziladi. Bunda hisobvaraq-fakturalarning yozilishi mahsulot 
sotilgan hisobot davrida amalga oshiriladi. 
Banklar uchun, qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod qilingan operatsiyalar 
bajarilganda, 
hisobvaraq-faktura 
bo‗lib mijoz shaxsiy hisobvarag‗idan 
ko‗chirma hisoblanadi. 
Lizing operatsiyalari bo‗yicha lizing beruvchilar uchun hisobvaraq-faktura 
bo‗lib lizing ob‗ektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hisoblanadi. Bunda 
tegishli hujjatlar (lizingning tarkibiy qismi hisoblanadigan lizing to‗lovlari 
jadvali; hisobvaraq; lizing to‗lovlarini to‗lash bo‗yicha lizing oluvchiga taqdim 
etiladigan bildiruvnoma va hokazo) bilan rasmiylashtiriladigan har bir lizing 
to‗loviga qo‗shimcha hisobvaraq-faktura yozilmaydi.
Agar lizing shartnomasi lizing beruvchiga qo‗shilgan qiymat solig‗i 
solinadigan qo‗shimcha xizmatlar ko‗rsatishni nazarda tutsa, bunda mazkur 
xizmatlarga belgilangan tartibda hisobvaraq-faktura yoziladi.
Qo‗shilgan qiymat solig‗idan ozod qilingan sug‗urta xizmatlarini 
ko‗rsatishda, hisobvaraq-faktura o‗rniga birlamchi hujjat bo‗lib quyidagi 
hujjatlar: 
- sug‗urta korxonalari uchun - sug‗urta polisi; 
- sug‗urta agentlari uchun - sug‗urta polisi va shartnoma topshirig‗i 
(agentlik bitimi); 
- sug‗urta brokerlari uchun - sug‗urta polisi va shartnoma topshirig‗i 
hisoblanadi. 
Qo‗shilgan qiymat solig‗i solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz, aloqa 
xizmatlari, kommunal xizmatlar, temir yo‗lda tashishlar, bank operatsiyalari, 
shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz etkazib berishni amalga 
oshirayotgan soliq to‗lovchilar hisobot davrining oxirgi kunida bir marta 
hisobvaraq-faktura yozadi. 
Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish uchun 
taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‗g‗risidagi 
ma‗lumotnoma - hisobvaraq-fakturada yoki hujjatda hisobvaraq-fakturaning 
belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda 
qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchilari uchun qo‗shilgan qiymat solig‗i summasi 
ko‗rsatilgan yoki qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchisi bo‗lmaganlar uchun 
"Qo‗shilgan qiymat solig‗isiz" yozuvi (shtampi) qo‗yilgan holda mavjud bo‗lsa, 


99 
bunda mazkur hujjatlar hisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday 
korxonalar qo‗shimcha ravishda hisobvaraq-faktura yozmasligi mumkin.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling