Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Import tovarlarga nisbatan qo„shilgan qiymat solig„ini hisoblash


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Import tovarlarga nisbatan qo„shilgan qiymat solig„ini hisoblash 
tartibi 
Import qilinadigan tovarlarga nisbatan qo‗shilgan qiymat solig‗i 
to‗lovchilari bo‗lib, tovarlarni import qiladigan yuridik shaxslar, shuningdek boj 
to‗lamasdan o‗z ehtiyojlari uchun me‗yoridan ortiqcha tovarlar olib kiradigan 
jismoniy shaxslar hisoblanadi (demak, jismoniy shaxslar ham bevosita 
qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchisi bo‗lishi mumkin). 
Qo‗shilgan qiymat solig‗i solinadigan ob‗ekt bo‗lib, O‗zbekiston 
Respublikasining bojxona qonunlariga binoan belgilangan bojxona rejimlariga 
muvofiq O‗zbekiston hududiga import qilinadigan tovarlar hisoblanadi. 
Tovar deganda iste‗molga mo‗ljallangan va qiymatga ega bo‗lgan barcha 
narsalar tushuniladi. 
Import tovarlar bo‗yicha qo‗shilgan qiymat solig‗ini hisoblab chiqarish 
uchun asos bo‗lib, bojxona qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan bojxona 
qiymati hisoblanadi. 
Tovarlar importi bo‗yicha soliq solinadigan oborot hajmiga bojxona 
qiymati bilan bir qatorda bojxona boji summasi va aktsiz solig‗i summasi (aktsiz 
osti tovarlar bo‗yicha) kiritiladi. 
Import qilinadigan tovarlar bo‗yicha qo‗shilgan qiymat solig‗i quyidagi 
formula orqali hisoblanadi: 
S
QQS
 

(IQTBQ + BBS + AS) x QQS
S T
;
 
100 
Bu erda: 
S
QQS
– qo‗shilgan qiymat solig‗i summasi 
IQTBQ – Import qilinadigan tovarlarning bojxona qiymati; 
BBS – Bojxona boji summasi; 
AS – aktsiz solig‗i; 
QQS
S T
– qo‗shilgan qiymat solig‗i stavkasi. 
Import qilinadigan tovarlar bo‗yicha qo‗shilgan qiymat solig‗i 20 foizli 
stavka bo‗yicha to‗lanadi. 
Amaldagi qonunchilikka ko‗ra quyidagilar qo‗shilgan qiymat solig‗idan 
ozod qilinadi: 
 xorijiy 
diplomatik 
vakolatxonalar 
va 
ularga 
tenglashtirilgan 
vakolotxonalar rasmiy foydalanishi uchun mo‗ljallangan tovarlar; 
 jismoniy shaxslarning boj to‗lamasdan olib kirish me‗yorlar doirasida 
import qilinadigan tovarlar (tovarlarni olib kirish me‗yori Vazirlar 
Mahkamasining maxsus qarori asosida belgilanadi); 
 O‗zbekiston Respublikasi hududiga tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalar 
yuz berganda olib kiriladigan tovarlar, shuningdek davlatlar, halqaro tashkilotlar 
tomonidan xayriya maqsadlarida olib kiriladigan tovarlar; 


100 
 O‗zbekiston Respublikasi hududiga investitsiya dasturiga kiritilgan 
ustuvor ob‗ektlarni jihozlash uchun hamda hukumat kafolati bilan xorijiy 
kreditlar hisobiga moliyalanadigan investitsion loyihalarni amalga oshirish 
uchun olib kiriladigan texnologik uskunalar; 
 import bo‗yicha olib kelinadigan dori-darmonlar va tibbiy buyumlar; 
 chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitaliga 
chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida olib kirilayotgan texnologik 
jihozlar; 
 va boshqa qonunchilikda ko‗zda tutilgan import tovarlar. 
Tovarlar respublika hududiga import qilinishida qo‗shilgan qiymat solig‗i 
bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishiga qadar yoki u bilan bir vaqtda to‗lanadi. 
Agar bojxona deklaratsiyasi belgilangan muddatda topshirilmasa qo‗shilgan 
qiymat solig‗ini to‗lash muddatlari bojxona deklaratsiyasi topshirish muddati 
tugagan kundan boshlab hisoblab chiqariladi. 
Jismoniy shaxslar soliqni naqd pul bilan bojxona organi posti kassasiga 
belgilangan tartibda to‗lashlari mumkin. 
Qo‗shilgan qiymat solig‗ining to‗langan summalari hududiy bojxona 
organlarining depozit hisobvaraqlariga kirim qilinib, keyin ular respublika 
byudjeti daromadlariga qayd etiladi. Bojxona organlari 3 kun muddat ichida 
undirilgan qo‗shilgan qiymat solig‗i summasini respublika byudjetiga 
o‗tkazadilar. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling