Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


O„zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

O„zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari 
tarkibida aktsiz solig„ining salmog„i to„g„risida ma„lumot
14
 
Ko„rsatkichlar
 
2008 yil
 
2009 yil
 
2010 yil
 
2011 yil
 
mln.so‗m
%da
mln.so‗m
%da
mln.so‗m
%d
a
mln.so‗m
%da
Davlat maqsadli 
jamg‗armalar 
daromadlarisiz - 
jami
7108257.4
100
10421382,5
100
13116396,9
100
16178563,5
100
Egri soliqlar
3571023.6
50.2
5162093,6
49,5
6973809,5
53,
1
8656853,1
53,5
Aktsiz solig‗i
1170405.2
16.5
1503827,0
14,4
2191092,1
16,
7
2481794,0
15,3
 
Yuqorida keltirilgan jadval ma‗lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, Davlat 
byudjeti daromadlari umumiy summasi yildan-yilga o‗sib bormoqda. Bunga 
albatta bir qancha omillar ta‗sir kiladi. Masalan, soliq stavkalarining oshirilishi, 
yangi soliq turlarining joriy etilishi, inflyatsiya, yangi daromad manbalarining 
yaratilishi va xokazolar. Jadval ma‗lumotlarini tahlil etar ekanmiz, oxirgi 
yillarda aktsiz solig‗i salmog‗ining kamayish tendentsiyasiga egaligini 
ko‗rishimiz mumkin. Masalan, 2008 yilda aktsiz solig‗ining byudjet 
daromadlaridagi ulushi 16.5 foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2009 yilda 14.4 foizni 
tashkil etgan, 2010 yilda ularning salmog‗ini o‗sishini ko‗rish mumkin (16.7 
foiz), 2011 yil reja ko‗rsatkichlarida esa uning ulushi 15.3 foiz bo‗lishi 
kutilmoqda. 
Aktsiz solig‗ini davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushining pasayish 
tendentsiyaga ega ekanligi shu bilan izohlanadiki, O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 13 noyabrdagi 390-son ―Bozorni iste‗mol 
tovarlari bilan to‗ldirishni rag‗batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo 
tashkilotlarini 
o‗zaro 
munosabatlarini 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖ gi Qaroriga asosan ―O‗zDEUAvto‖ aktsionerlik jamiyatining ishlab 
chiqarayotgan avtomobillari (Lasetti, Neksiya, Damas, Matiz), billurdan 
qilingan mahsulotlar, mebel, video va audioapparatura hamda kumushdan 
14
Ўзбекистон Республикаси Президенти қарорларига иловалар. 


103 
yasalgan pichoq va sanchqilarga hisoblangan aktsiz soliqlari ishlab chiqarishni 
rivojlantirish, 
iste‗mol 
tovarlarining 
assortimentini 
ko‗paytirish 
va 
raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun korxonalarning o‗z ixtiyorlarida 
qoldiriladigan bo‗ldi. Shuning hisobiga hozirgi vaqtda aktsiz solig‗ining ulushi 
davlat byudjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aktsiz solig‗i 
to‗liq respublika byudjetining daromadlar qismiga kelib tushadi va uning soliq 
yuki iste‗molchilar zimmasida bo‗ladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling