Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Izohlar: 
1) Qat‗iy miqdorda belgilangan aktsiz solig‗i stavkalari O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda 
mahsulotning sotilishi hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta ko‗rib 
chiqilishi mumkin.
2) ―GM Uzbekistan‖ AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gazga hamda 
qimmatbaho metallarga aktsiz solig‗ini to‗lovchilar va uni to‗lash tartibi 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‗zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‗mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 
Ayrim rivojlangan davlatlarda, masalan, Frantsiyada aktsizlar tovarlarning 
natural birligiga nisbatan qat‗iy stavkalarda belgilab qo‗yilgan. Jumladan, 1 litr 
vino uchun aktsiz solig‗ining stavkasi 22 santimni, 1 litr shampan vinosi uchun 
55 santimni, 1 litr pivo uchun esa 19,5 santimni tashkil qiladi.
16
AQShda aktsiz soliqlari Federal ahamiyatga ega bo‗lgan soliq hisoblanadi. 
Lekin ularning davlat byudjeti daromadlarining hajmidagi salmog‗i nisbatan 
16
Toxir Malikov. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. –T.: 2002. -15 b. 


107 
kichik. Aktsiz solig‗i tamaki va alkogolli mahsulotlarga, transport xizmatlariga 
nisbatan joriy qilingan. Aktsiz solig‗ining stavkasi 10 foizni tashkil etadi. 
Buyuk Britaniyada aktsiz soliqlari egri soliqlarning tarkibida salmog‗iga 
ko‗ra qo‗shilgan qiymat solig‗idan keyingi o‗rinni egallaydi. Aktsiz solig‗i 
yoqilg‗i, alkogol va tamaki mahsulotlariga, transport vositalari va xizmatlariga 
nisbatan joriy qilingan. Uning stavkalari 10 foizdan 30 foizgacha oraliqda 
tebranadi. 
Germaniyada aktsiz solig‗i bo‗yicha tushumlarning asosiy qismi Federal 
byudjetga o‗tkaziladi, faqat pivoga nisbatan joriy qilingan aktsiz solig‗i bo‗yicha 
tushumlar federal byudjetga kelib tushmaydi. Aktsiz solig‗ining stavkalari
tovarlarning noto‗g‗ri birligiga nisbatan foizlarda va ―evro‖da belgilangan. 
Masalan, sug‗urta bitimlari bo‗yicha aktsiz solig‗ining stavkasi sug‗urta polisi 
summasining 12 foiz miqdorida belgilangan. Shampan vinosiga nisbatan 
belgilangan soliq stavkasi 0,75 litr uchun 2 evroni tashkil qiladi. 
Rossiya Federatsiyasida 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab, soliq 
kodeksining 2-qismini kuchga kiritilishi munosabati bilan aktsizlarni qo‗llash 
doirasi sezilarli darajada kengaytirildi, ya‗ni an‘anaviy aktsiz solig‗i to‗lovchilar 
qatoriga ulgurji savdo tashkilotlari ham kiritildi. 
Rossiya Federatsiyasida aktsiz solig‗ining davlat byudjeti daromadlarining 
manbai sifatidagi roli juda muhim bo‗lib, u aktsiz soliqlari bo‗yicha tushum 
summalarini Federal byudjet daromadlari tarkibidagi salmog‗ini yuqori 
ekanligida namoyon bo‗ladi. Masalan, 2003 yilda aktsiz solig‗i bo‗yicha 
tushumlarning Rossiya Federal byudjeti daromadlari tarkibidagi salmog‗i 9,6 
foizni tashkil qildi.
17

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling