Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Aktsiz solig„ini to„lash va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Aktsiz solig„ini to„lash va hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi
muddatlari 
To‗lovchilar tomonidan sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib hisoblab 
chiqarilgan aktsiz solig‗i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‗lanadi: 
- joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay - joriy oyning birinchi o‗n kunligi 
uchun; 
- joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay - joriy oyning ikkinchi o‗n kunligi 
uchun; 
- keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay - hisobot oyining qolgan kunlari 
uchun. 
Tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda ko‗rsatilgan mahsulot yuklab 
jo‗natilgan kun sotish kuni bo‗lib hisoblanadi. 
O‗n kunlik to‗lovlar bo‗yicha aktsiz solig‗ining kelib tushgan summasi 
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‗lovchilarning shaxsiy 
hisobvaraqlarida bir vaqtda soliqni ―Hisoblab yozish‖ va ―To‗lash‖ ustunlarida 
aks ettiriladi. 
Aktsiz solig‗i bo‗yicha hisob-kitob ro‗yxatdan o‗tkazilgan joydagi davlat 
soliq xizmati organlariga taqdim etiladi: 

korxonalar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) - 
hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan har oyda, 
belgilangan 
shaklda, 
unga 
soliq 
solinmaydigan 
aylanmalar 
summalari 
rasshifrovkasi ilova qilingan holda; 

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - birinchi chorak, yarim 
yillik va 9 oy yakunlari bo‗yicha, o‗n kunliklarga taqsimlagan holda, hisobot 
choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmasdan, yil yakunlari bo‗yicha 
esa belgilangan shaklda, yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida.
Dam olish (ishlanmaydigan) yoki bayram kuniga to‗g‗ri keladigan aktsiz 
solig‗ini to‗lash muddatlari, tegishincha, hisob-kitobni taqdim etish muddatlari 
ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi ish kuniga ko‗chiriladi. 
Hisobot davri mobaynida o‗n kunlik to‗lovlar bilan kiritilgan aktsiz solig‗i 
summalari tegishli hisobot davri uchun hisob-kitob bo‗yicha hisoblab 
chiqarilgan soliq summasida hisobga olinishi kerak. 


109 
Ortiqcha kiritilgan aktsiz solig‗i summalari bo‗lg‗usi to‗lovlar hisobiga 
kiritiladi yoki uning yozma arizasi olingan kundan boshlab Davlat soliq xizmati 
organi tomonidan 30 kun ichida to‗lovchiga qaytariladi (agar byudjetga boshqa 
soliq turlari bo‗yicha qarz mavjud bo‗lmasa). 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling