Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Mol-mulk solig„i to„lovchilar, soliqqa tortish ob„ekti va mol-mulkning


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Mol-mulk solig„i to„lovchilar, soliqqa tortish ob„ekti va mol-mulkning 
o„rtacha yillik qoldiq qiymatini aniqlash tartibi. 
Soliq qonunchiligiga asosan mol-mulk solig‗ining to‗lovchilari bo‗lib, soliq 
solinadigan mol-mulkka ega bo‗lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda, mulkida, xo‗jalik 
yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulkka ega bo‗lgan va o‗z 
majburiyatlari bo‗yicha mol-mulki bilan javob bera oladigan hamda mustaqil 
balans va hisob-kitob varag‗iga ega bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi sub‗ektlar 
tushuniladi. 
Soliqqa tortishning alohida rejimi o‗rnatilgan ayrim toifadagi korxonalarga, 
jumladan yagona yer solig‗ini to‗lovchi qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilar, yagona soliq to‗lovini to‗lovchi miqrofirma va kichik korxonalar 
hamda savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda notijorat tashkilotlar 
uchun ularning asosiy faoliyati bo‗yicha mol-mulk solig‗ini to‗lash tatbiq 
etilmaydi.
Agar soliqqa tortishning alohida rejimi o‗rnatilgan yuridik shaxslar 
faoliyatning asosiy turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan 
shug‗ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va qonun hujjatlariga muvofiq 
mol-mulk solig‗ini to‗lashlari zarur bo‗ladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗ining ob‗ekti bo‗lib, asosiy 
vositalar (shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‗yicha olingan 
asosiy vositalar), nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish ob‗ektlari hamda 
belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar qiymati hisoblanadi. 
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliqqa tortish bazasi
bo‘lib esa: 
a) asosiy vositalarning o‗rtacha yillik qoldiq qiymati (shu jumladan 
moliyaviy ijara (lizing)shartnomasi bo‗yicha olingan asosiy vositalar); 
b) nomoddiy aktivlarning o‗rtacha yillik qoldiq qiymati; 
v) belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob‗ektining o‗rtacha 
yillik qiymati; 


118 
g) me‗yoriy muddatlarda o‗rnatilmagan uskunalarning o‗rtacha yillik 
qiymati hisoblanadi.
Soliq solish ob‘ektlarining o‗rtacha yillik qoldiq qiymati (o‗rtacha yillik 
qiymat) hisobot davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko‗ra soliq 
solish ob‘ektlarining qoldiq qiymatlarini (o‗rtacha yillik qiymatlarini) 
qo‗shishdan olingan summaning o‗n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi 
yakun bilan quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi: 
O‗rtacha 
yillik qoldiq 
qiymati 
31 
yanvar 
+ 28 (29) fevral + … + 30 
noyabr 
+ 31 dekabr 
= --------------------------------------------------------------------------- 
12 
O‗zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko‗chmas mulk ob‘ektlari 
bo‗yicha soliq solinadigan baza mazkur ob‘ektlarga bo‗lgan mulk huquqini 
tasdiqlovchi hujjatlarda ko‗rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi. 
Yagona soliq to‗lovini to‗lovchilar bo‗lgan yuridik shaxslar bir oydan 
kam muddatga ijaraga berilgan mol-mulk bo‗yicha soliq solinadigan bazani bu 
mol-mulkning mazkur oyning oxirgi kunidagi holatga ko‗ra hisoblab chiqilgan 
qoldiq qiymatini o‗n ikkiga va shu oydagi kalendar kunlar soniga bo‗lishdan 
olingan, mazkur mol-mulk ijarada turgan kunlar soniga ko‗paytirilgan bo‗linma 
sifatida aniqlaydilar. Binoning bir qismi ijaraga berilgan taqdirda, soliq 
solinadigan baza umumiy maydoni bir kvadrat metrining qoldiq qiymatini 
ijaraga berilgan maydonning o‗lchamiga ko‗paytirish orqali aniqlanadi. 
Yuridik 
shaxslarning 
mol-mulkiga 
solinadigan soliqni to‗lovchi 
tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‗lash nazarda 
tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza 
soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida 
yuritish 
asosida 
aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati 
bo‗lmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof 
tushumning umumiy hajmida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan 
soliqni to‗lash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmog‗idan kelib 
chiqqan holda aniqlanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗ining soliqqa tortiladigan 
bazasini aniqlash uchun korxona balans aktivida aks ettiriladigan asosiy 
vositalarning eskirishini chegirgan holda, buxgalteriya hisobining quyidagi 
hisobvaraqlari bo‗yicha summalar qabul qilinadi: 
1. Asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0100); 
2. Uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalarni hisobga olish 
hisobvaraqlari (0300); 
3. Nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvaraqlari (0400); 
4. 
Tugallanmagan 
qurilishni 
(belgilangan 
muddatlarda 
qurilishi 
tugallanmagan ob‗ekt qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0800);


119 
5. 
O‗rnatishga 
mo‗ljallangan 
uskunani 
(me‗yoriy 
muddatlarida 
o‗rnatilmagan uskuna qismida) hisobga olish hisobvaraqlari (0700). 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling