Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Mol-mulk solig„i stavkalari, soliqdan imtiyozlar


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Mol-mulk solig„i stavkalari, soliqdan imtiyozlar. 
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗ining stavkalari har yili 
keyingi moliya yil uchun tasdiqlanadigan asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar 
prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risidagi O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qarori asosida belgilanadi. 2011 yil 1 yanvardan boshlab yuridik 
shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗i stavkasi quyidagi miqdorlarda 
belgilangan.
9-jadval 
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig„i
stavkalari
19
 
 
T/r 
To„lovchilar 
Soliq 
solinadigan 
bazaga 
nisbatan 
%larda 
soliq 
stavkasi 
1. 
Yuridik shaxslar
3,5 
2. 
O‗zi ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
eksportining erkin almashtiriladigan valyutadagi 
hissasi 
quyidagi 
miqdorlarni 
tashkil 
etadigan 
eksportchi 
korxonalar 
uchun 
(O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1997 yil 12 oktyabrdagi 
PF-1871 soni farmoni bilan tasdiqlangan xom-ashyo 
tovarlari ro‗yxatidagilar bundan istisno):
sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha 
belgilangan 
stavka 
30%ga pasaytiriladi
sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori 
belgilangan 
stavka 
50%ga pasaytiriladi
 
Izoh: Me‘yoriy muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk 
solig‘i ikki baravar miqdorda to‘lanadi. 
 
Eksport mahsulot ishlab chiqaradigan va uni mustaqil ravishda sotadigan 
yoki ixtisoslashgan tashqi savdo birlashmalari va firmalari orqali sotadigan 
vazirliklar, 
idoralar, 
korporatsiyalar, 
kontsernlar, 
uyushmalar 
va 
kompaniyalarning tarkibiy bo‗linmalari hisoblangan korxonalar uchun 
sotishning umumiy xajmida o‗zi ishlab chiqargan mahsulot (ish, xizmatlar) ning 
eksportdagi ulushiga bog‗liq holda mol-mulk solig‗ining tabaqalashtirilgan 
stavkalari belgilangan.
Mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga berilgan imtiyoz savdo-
vositachi korxonalarga, shuningdek, erkin almashtiriladigan valyutaga xom-
ashyo tovarlari – paxta tolasi, ip gazlama, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz 
19
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-son qarori 


120 
kondentsati, rangli va qora metallarni eksport qiladigan ishlab chiqarish 
korxonalariga tadbiq etilmaydi.
Soliq stavkasi mol-mulkning qayta baholash natijasidagi qoldiq narxiga 
qo‗llaniladi. Qayta baholash maqsadida korxonalarning asosiy vositalari 
deganda quyidagilar tushuniladi:
- o‗zining asosiy vositalari; 
- o‗rnatiladigan uskunalar
- tugallanmagan qurilish ob‗ektlari; 
- uzoq muddatga ijaraga olinadigan, shu jumladan uzoq muddatli lizing 
bo‗yicha olingan asosiy vositalar. 
Asosiy vositalar qiymati har yili 1 fevralga qadar asosiy vositalarning 1 
yanvar holatiga qarab qayta baholanadi. Qayta baholash chog‗ida korxona 
mutaxassis ekspertlarini jalb qiladi.
Yer uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob‗ektlarining qiymati qayta 
baholanmaydi.
Amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra quyidagi yuridik shaxslarning mol-
mulkiga soliq solinmaydi: 
a) notijorat tashkilotlarning mol-mulkiga (tadbirkorlik faoliyati uchun 
foydalaniladigan mol-mulkdan tashqari). 
Soliqqa tortish maqsadida notijorat tashkilotlar deganda quyidagilar 
tushuniladi: 

faqat davlat byudjeti mablag‗lari hisobiga moliyalanadigan, tasdiqlangan 
smetalar doirasida xarajatlarni qoplashga byudjetdan dotatsiyalar oladigan 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar; 

xayriya birlashmalar, uyushmalar va jamg‗armalar, xalqaro tashkilotlar, 
diniy birlashmalar va boshqa tashkilotlar: 
1) ijtimoiy-xayriya yoki boshqa maqsadlar uchun barpo etilgan
tadbirkorlik faoliyati uchun daromad olishni ko‗zlamasligi ta‗sis hujjatlarida 
qayd etilganlari; 
2) moliyaviy va boshqa mablag‗larni mazkur tashkilotning xodimlari, 
muassislari yoki a‗zolarining shaxsiy manfaatlari uchun taqsimlamaydigan va 
investitsiyalamaydiganlari 
(mehnat 
uchun qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda taqdirlashlardan tashqari); 
b) xalq ta‗limi va madaniyat muassasalari ehtiyojlari uchun 
foydalaniladigan mol-mulkka
v) uy-joy-kommunal xo‗jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik 
shahar xo‗jaligining mol-mulkiga. 
g) nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg‗armasi va 
"O‗zbekiston chernobilchilari" uyushmasining mulkida bo‗lgan, ishlovchilari 
umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik 
shaxslarning mol-mulkiga; 
d) yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, ro‗yxatdan 
o‗tgan paytidan e‗tiboran ikki yil mobaynida. Mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta 
tashkil etilgan) korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy bo‗linmalarining ishlab 


121 
chiqarish quvvatlari va asosiy fondlari negizida tashkil etilgan korxonalarga, 
shuningdek korxonalar huzurida tashkil etilgan yuridik shaxslarga nisbatan, 
basharti ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarda 
ishlayotgan bo‗lsalar, qo‗llanilmaydi; 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy hokimiyat 
organlari tomonidan (o‗z hududida mol-mulk joylashgan soliq to‗lovchilarga 
nisbatan) yuridik shaxslarga qo‗shimcha imtiyozlar berilishi ham mumkin.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling