Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Soliq hisobini taqdim etish va hisoblangan soliq summasini byudjetga
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
Soliq hisobini taqdim etish va hisoblangan soliq summasini byudjetga
to„lash muddatlari. Yuridik shaxslar byudjetga joriy to‗lovlar summasini hisobot yili mol-mulkining o‗rtacha yillik qoldiq qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib mustaqil ravishda hisoblaydilar. Byudjetga joriy to‗lovlarni to‗lash har oyning 20-kunidan kechiktirmay, yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‗lanadi. Birinchi chorak, yarim yil, 9 oy va yil tugaganda to‗lovchilar mustaqil ravishda mol-mulk solig‗ini o‗sib boruvchi yakun bilan, hisobot davrida mol- mulkning o‗rtacha qoldiq qiymatidan kelib chiqib, hisoblab chiqadilar va hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasidan, yil yakunlari bo‗yicha yillik moliya hisobotlarini taqdim etish muddatidan kechiktirmay ob‗ekt joylashgan joydagi davlat soliq organlariga belgilangan shaklda taqdim etadilar. Mol-mulk solig‗ining hisoblangan summasi hisob-kitobni taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay to‗lanadi. Aks holda har bir kechiktirilgan kun uchun hisoblangan soliq summasiga nisbatan 0,05 foiz miqdorida penya (moliyaviy jarima) qo‗llaniladi. Mol-mulkning qoldiq qiymati va imtiyoz taqdim etish muddatini ko‗rsatgan holda korxona mol-mulki o‗rtacha qoldiq qiymatining hisob-kitobi va soliq undirilmaydigan mol-mulk ro‗yxati mol-mulk solig‗ining hisob-kitobiga majburiy ilovalar hisoblanadi. Mahsulot eksportini amalga oshiradigan eksportchi korxonalar mol-mulk solig‗i hisob-kitobini taqdim etayotganlarida eksport qilinadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga doir ma‗lumotnomani taqdim etadilar. 123 Ortiqcha to‗langan soliq summalari, agar soliqlar va yig‗imlar bo‗yicha byudjetga qarz mavjud bo‗lmasa, to‗lovchining yozma arizasiga ko‗ra bo‗lg‗usi to‗lovlar hisobiga qayd etiladi yoki 30 kun ichida korxonaga qaytariladi. Byudjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzni hisobga olish hisobvarag‗i bo‗yicha yuritiladi. Mol-mulk solig‗i hisoblanganda buxgalteriyada davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‗i debitlanadi, byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‗i kreditlanadi. Soliq byudjetga o‗tkazilganda byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‗i debitlanadi, pul mablag‗larini hisobga olish hisobvarag‗i kreditlanadi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling