Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob„ektlari va


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob„ektlari va 
me„yoriy muddatlarda o„rnatilmagan uskuna uchun mol-mulk solig„ini 
to„lash tartibi 
Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob‗ekti uchun mol-mulk 
solig‗ini to‗lovchilar bo‗lib qurilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, ya‗ni 
buyurtmachilar hisoblanadi. 
Soliqqa tortish ob‗ekti bo‗lib, belgilangan muddatlarda tugallanmagan 
qurilish ob‗ektining qiymati, ya‗ni buyurtmachi tomonidan F-3 shaklida 
(bajarilgan 
ishlar 
va 
xarajatlar 
hajmi 
to‗g‗risida 
ma‗lumotnoma) 
rasmiylashtirilgan 
statistika 
hisobiga 
ob‗ekt 
bo‗yicha 
kiritilgan 
va 
tugallanmagan qurilish hisobvarag‗ida hisoblanadigan barcha ishlar va xarajatlar 
xajmi hisoblanadi. 
Qurilishning belgilangan muddati deb qurilishni tashkil qilish loyihasi 
(QTQL) tarkibida 1.04.03-85-son QMQ ―Korxonalar, binolar va inshootlarni 
qurish muddati me‗yorlari‖ga muvofiq loyihalash tashkiloti tomonidan 
aniqlanadigan ob‗ekt qurilishining me‗yoriy muddati hisoblanadi. 
Loyihalash tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlarida tayyorlash muddatlarini 
ajratgan holda qurilish muddati me‗yorini ko‗rsatishlari shart. Loyiha-smeta 
hujjatlarida qurilish muddati me‗yori ko‗rsatilmagan taqdirda, buyurtmachi 
loyihalash tashkilotidan muayyan ob‗ekt bo‗yicha qurilish muddatining me‗yori 
to‗g‗risida xulosa olishga majbur. 
Me‗yordagi muddatda o‗rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig‗ini 
to‗lovchilar bo‗lib kapital mablag‗lar hisobiga qayta jihozlanadigan ob‗ektlarda 
montaj qilish talab qilinadigan va o‗rnatishga belgilangan texnologik, energetik 
va ishlab chiqarish uskunalari bo‗lgan yuridik shaxslar hisoblanadi. 
Me‗yordagi muddatda o‗rnatilmagan uskunalar uchun soliq solish ob‗ekti 
bo‗lib o‗rnatishga belgilangan uskunalar qiymati hisoblanadi, ular qatoriga 
montaj qilishni talab qiladigan, faqat qismlarini yig‗ish va poydevorga yoki 
ustunlarga, polga, qavatlararo to‗siqlarga va boshqa bino va inshootlarni ko‗tarib 
turuvchi konstruktsiyalarga o‗rnatiladigan uskunalar hamda uskunalarni hisobga 
olish hisobvarag‗ida hisoblanadigan shunday uskunalarning ehtiyot qismlar 
to‗plami (me‗yordagi muddatda o‗rnatilmagan uskunalar qismida) hisoblanadi. 
Ushbu uskunalar tarkibiga o‗rnatiladigan uskunalar qatorida montaj qilish uchun 
belgilangan nazorat-o‗lchov apparaturasi yoki boshqa asboblar ham kiradi. 


124 
Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida tasdiqlangan qurilish muddati 
va tayyorlab qo‗yilgan zaxiralar me‗yoriga muvofiq har bir ob‗ekt bo‗yicha 
texnologik yoki boshqa uskunalarni etkazib berish va montaj qilish jadvali 
belgilangan bo‗lishi lozim. 
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarni etkazib 
berish va montaj qilish jadvalida quyidagi muddatlarda topshirish hisobga 
olinadi: 

yirik texnologiya va energetika uskunalari - ularni nomma-nom 
ro‗yxatlari bo‗yicha montaj qilish va etkazib berish jadvallarining rejadagi 
muddati o‗tib ketgandan keyin; 

texnologiya uskunalari, texnologiya liniyalari, qurilmalar va boshqa 
umumzavod uskunalari - uskunalarni montajga topshirishining rejadagi muddati 
o‗tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‗lmagan muddatda; 

komplekt import uskunalari - ularni montajga topshirishning rejadagi 
muddati o‗tib ketgandan keyin, lekin bir yildan ortiq bo‗lmagan muddatga, agar 
texnik shart-sharoitlariga ko‗ra uskunani qismlar bo‗yicha montaj qilish mumkin 
bo‗lmasa, ularni montajga topshirish muddati uskunalar butun komplektining 
kelib tushishi paytidan hisoblanadi; 

qismlarga ajratilgan import uskunalari, shuningdek kabel mahsulotlari, 
simlar va troslar - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o‗tgandan 
keyin, lekin olti oydan ortiq bo‗lmagan muddatda. 
Uskunalarni montaj qilish va o‗rnatish uchun me‗yorlar va jadvallar 
bo‗lmaganida soliq quyidagi muddatlarda to‗lanadi: 
- ishlab chiqarish maqsadlaridagi ob‗ektlar bo‗yicha mamlakatimizda 
ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarning o‗rnatilmaganligi uchun - 
sotib olinganiga bir yillik muddat to‗lganidan keyingi oydan boshlab; 
- noishlab chiqarish maqsadlaridagi ob‗ektlar bo‗yicha - sotib olinganiga 
olti oy tugagandan keyin; 
Uskunalarni etkazib berish va montaj qilishning yuqorida ko‗rsatilgan 
muddatlarini buzganligi uchun korxona va tashkilotlar, O‗zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, mol-mulk 
solig‗ini ikki baravar ko‗paytirilgan stavka bo‗yicha to‗laydilar. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling