Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Jismoniy shaxslar mol-mulk solig„i


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig„i 
stavkalari
20
 
 
Soliqqa tortish ob„ekti 
Mol-mulkning 
inventarizatsiya 
qiymatiga 
nisbatan 
soliq stavkasi
Turar joylar, kvartiralar (shaharda joylashgan umumiy 
maydoni 200 kv. metrdan yuqori bo‗lganlardan 
tashqari), dala hovli, garajlar va boshqa imoratlar, 
0,75 
20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-sonli Qaroridan olingan. 


126 
xonalar va inshootlar ularning qiymatidan kelib chiqib 
Shaharda 
joylashgan 
turar 
joylar, 
kvartiralarning 
umumiy maydoni: 
200 kv. metrdan 500 kv. metrgacha bo‗lgan 
0,9 
500 kv. metrdan yuqori bo‗lgan 
1,13 
 
Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‗yicha tegishli organlar 
tomonidan belgilangan inventarizatsiya qiymati bo‗lmasa soliq undirish uchun 
Toshkent shahri va viloyat markazlarida – 18480,0 ming so‗m, boshqa shaharlar 
va qishloq joylarda – 8030,0 ming so‗m miqdoridagi mol-mulkning shartli 
qiymati 
qabul 
qilinadi. 
Jismoniy 
shaxslarning 
mol-mulklari 
texnik 
inventarizatsiyalash byurosi (TIB) xodimlari tomonidan baholanadi. 
Mulkida soliq solinadigan mol-mulk bo‗yicha pensionerlar uchun mol-
mulk solig‗i bo‗yicha soliq solinmaydigan eng kam miqdor umumiy 
maydonining 60 kv.metri hajmida belgilanadi. 
Soliq qonunchiligiga ko‗ra quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‗lgan 
imoratlari, binolari va inshootlariga soliq solinmaydi: 
a) "O‗zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat qahramoni 
unvonlariga sazovor bo‗lgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan 
fuqarolarning; 
b) 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va partizanlari, ularga 
tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlari tarkibida 
xizmat qilgan shaxslarning, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar
shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlarni egallagan shaxslar, Leningrad 
shahri qamalida bo‗lganlarning va kontsentratsion lagerlarning sobiq yosh 
tutqunlari, xizmatni Afg‗oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib 
borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‗lgan qo‗shinlarning cheklangan 
kontingenti tarkibida o‗tagan harbiy xizmatchilar hamda o‗quv va sinov 
yig‗inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning; 
v) o‗n nafar va undan ortiq farzandi bor ayollarning
g) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik 
uchun imtiyozlar olayotgan fuqarolarning (shu jumladan, u erga vaqtincha yoki 
xizmat safariga yuborilgan fuqarolarning); 
d) soliq solinmaydigan maydon o‗lchami doirasida pensionerlarning
shuningdek I va II guruh nogironlarining; 
e) muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a‗zolarining - 
xizmatni o‗tash davrida; 
j) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo‗lganlik 
yoki shikastlanganlik oqibatida yoki frontda bo‗lish tufayli orttirilgan kasallik 
oqibatida halok bo‗lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush 
qurmagan rafiqalarining (erlarining); 
Yuqorida nazarda tutilgan imtiyozlar mol-mulk egasining tanlashiga 
binoan, imtiyoz olish huquqini beruvchi zaruriy hujjatlar soliq organlariga 


127 
taqdim etilganda, mol-mulkning faqat bir ob‗ektiga taalluqli bo‗ladi. Bunda 
mol-mulk imtiyoz oluvchining mulki bo‗lgan hollardagina taqdim etiladi. 
Yil davomida to‗lovchilarda mol-mulk solig‗i bo‗yicha imtiyozga ega 
bo‗lish huquqi paydo bo‗lgan taqdirda ular ko‗rsatilgan to‗lovlardan ana shu 
huquq paydo bo‗lgan oydan boshlab ozod etiladilar. 
Yil o‗rtasida mol-mulk solig‗i bo‗yicha imtiyoz huquqini yo‗qotganda soliq 
solish ushbu huquq yo‗qolgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling