Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‟yicha asosiy xulosalar
- Mavzuga oid asosiy adabiyotlar
Nazorat savollari:
1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‗ining to‗lovchilari kimlar? 2. Jismoniy shaxslarning qanday mol-mulklari soliq solish ob‗ekti va bazasi hisoblanadi? 3. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‗i stavkalari kimning qarori bilan belgilanadi? 4. Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‗i stavkasi 2011 yilda necha foiz qilib belgilangan? 5. Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo‗yicha inventarizatsiya qiymati bo‗lmasa soliq undirish qandan tartibda amalga oshiriladi? Mavzu bo‟yicha asosiy xulosalar: Mol-mulk solig‗i dastlab, O‗zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ―Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‗g‗risida‖ gi Qonuniga asosan joriy etildi va shu bilan birga korxonalarning ishlab chiqarish fondlariga to‗lov hamda transport vositalariga solinadigan soliq bekor qilindi. Mamlakat soliq tizimida mol-mulk solig‗ini joriy qilishdan ko‗zlangan maqsad birinchidan, korxonalar o‗zlarining xo‗jalik faoliyatini yuritishda ortiqcha va foydalanilmayotgan mol-mulkini sotishga qiziqishini uyg‗otish bo‗lsa, ikkinchidan, korxonalar balansidagi mol-mulkdan samarali foydalanishni rag‗batlantirishdan iborat Soliq kodeksiga ko‗ra soliq solinadigan mol-mulkga ega bo‗lgan jismoniy shaxslar, chet el fuqarolari, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadi. Jismoniy shaxslarning O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy- joylari, kvartiralari, chorbog‗ va bog‗ uylari, garajlar va boshqa imoratlari, binolar va inshootlari qiymati soliq solish ob‗ekti hisoblanadi. Mavzuga oid asosiy adabiyotlar: 1. Jo‗raev A., Toshmatov Ш., Abduraxmonov O. Soliqlar va soliqqa tortish. O‗quv qo‗llanma, –T.: ―Norma‖, 2009. –184 b. 2. Jo‗raev A. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. O‗quv qo‗llanma. – T.: ―O‗qituvchi‖ nashriyoti, 2007. –232 b. 3. Jo‗raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. O‗quv-uslubiy qo‗llanma. –T.: ―IQTISOD-MOLIYA‖, 2007. – 84 b. 4. Urazov K. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi. – T.: ―Iqtisodiyot va huquq dunyosi‖, 2003. – 164 b. 5. Abduraxmonov O. Soliq islohatlari: izchillik va tadrijiylik. – T.: ―Akademiya‖. 2005. –40 b. 6. Миляков Н.В. Налоги и налогообложения: Учебник. –М.: ―Инфра- М‖, 2008. –245 с. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling