Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

1-savol bo‟yicha dars maqsadi: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni 
davlat byudjet daromadlarida tutgan o‘rni va soliqni hisoblash tartibi
muddatlarini aniqlab, tushuntirib berish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
1.1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni tushuntira oladi. 
1.2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilarini izohlay 
oladi. 
1.3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqara oladi. 
1-asosiy savol bayoni: 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etilishi. 
O‗zbekiston sharoitida suv qadrli hisoblanadi. Chunki, respublikamizda qishloq 
ho‗jaligi asosan sug‗oriladigan yerlardan iborat. Suv har qanday davlat uchun 
asosiy boylik hisoblanadi. 
1998 yilga qadar suvdan foydalanayotgan korxonalar ―suv uchun to‗lov‖ 
to‗lashar edi. Iste‗molchilarning suvdan samarali, tejab foydalanish maqsadida 


131 
respublikamiz soliq qonunchiligiga hamda O‗zbekiston Respublikasining ―Suv 
va suvdan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuniga ko‗ra 1998 yil 1-yanvardan 
boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etildi. Ushbu soliq 
umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, respublika byudjetining asosiy daromad 
manbalaridan biri hisoblanadi. 2008 yilda Davlat byudjetiga suv resurslaridan 
foydalanganlik 
uchun 
soliq 
tushumi 
34920 
mln. 
so‗m 
tushishi 
prognozlashtirilgan bo‗lib, bu byudjet daromadlarining 0,5 foizini tashkil etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 dekabrdagi 1024-
sonli qaroriga asosan ushbu soliq tushumi mahalliy byudjetlarning Davlat 
byudjetidagi ulushini ko‗paytirish maqsadida to‗liq miqdorda mahalliy 
byudjetlar daromadiga o‗tkazildi. 
Soliq to„lovchilar tarkibi. O‗z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik 
shaxslar, dehqon xo‗jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs 
tashkil etmaydigan) hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy 
shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lovchilardir. 
O‗zbekistonda asosiy, davlat byudjeti daromadlarini ushbu manba bo‗yicha ob-
havo qiladigan, ya‗ni ta‗minlab beradigan soliq to‗lovchilar bo‗lib, Shirin 
GRES, Taxiyatosh GRES, Toshkent GRES va boshqa shu kabi GESlar 
hisoblanishadi. 
Soliqqa tortishning alohida tartibi o‗rnatilgan to‗lovchilar hamda notijorat 
tashkilotlar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan 
shug‗ullansalar, ular alohida hisob olib borishlari va shu faoliyatda 
foydalaniladigan suv hajmidan kelib chiqib suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq to‗lashlari kerak.
Yuridik shaxslar suvdan foydalanish joyida davlat soliq xizmati organlarida 
ro‗yxatga olinish joyidan qat‘i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq to‗laydilar. 
Aholi punktlarining suv ta‗minoti uchun suv etkazib beruvchi yuridik 
shaxslar o‗z faoliyatida ishlatiladigan suv uchungina soliq to‗lovchilar 
hisoblanadi. 
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan binolar bir qismi, ayrim 
xonalar boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga topshirilganida suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni "Suvoqava" tizimi korxonalari yoki 
suv xo‗jaligi organlari yoxud boshqa korxonalar bilan suv etkazib berish 
to‗g‗risida shartnoma tuzgan ijaraga beruvchilar to‗laydilar. 
Bino (xona)ni ijaraga olgan va o‗zlari suv etkazib berish to‗g‗risida 
shartnoma tuzgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliqni mustaqil ravishda to‗laydilar. 
Amaldagi korxonalar va tashkilotlar hududida ta‗mirlash-qurilish va 
boshqa ishlarni bajaradigan yuridik shaxslar ushbu ishlarni bajarish jarayonida 
foydalaniladigan suv uchun soliq to‗lamaydilar. Ta‗mirlash-qurilish va boshqa 
ishlarni bajarish chog‗ida foydalaniladigan suv hajmi uchun soliqni ular uchun 
ushbu ishlar bajariladigan korxona va tashkilotlar to‗laydilar. Yangi qurilish 


132 
maydonchasida qurilish ishlarini bajarish chog‗ida qurilish paytida 
foydalaniladigan suv hajmi uchun soliqni qurilish tashkiloti to‗laydi. 
Mulkchilik va bo‗ysunish shaklidan qat‘i nazar issiq suv va bug‗ uzatuvchi 
korxonalar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni ular tomonidan 
yuzadagi va er osti manbalaridan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun 
ishlatilgan suv resurslari hajmi uchun to‗laydilar. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling