Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Soliq solish ob„ekti, bazasi va soliq stavkalari


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Soliq solish ob„ekti, bazasi va soliq stavkalari. 
Yer usti va yer osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslari soliq 
solish ob‗ekti hisoblanadi.
Yer usti manbalariga daryolar, ko‗llar, suv omborlari, yer yuzasidagi 
boshqa havzalar va suv manbalari, turli xil kanal va hovuzlar kiradi. 
Yer osti manbalariga artezian quduqlar va skvajinalar, vertikal va 
gorizontal zovur tarmog‗i kiradi. 
Foydalanilgan suv resurslarining xajmi soliq solish bazasi hisoblanadi. 
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suv 
o‗lchagich asboblarining ko‗rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Suvdan o‗lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suvdan 
foydalanish limitlaridan, suv iste‗molining texnologik va sanitariya 
normalaridan, ekinlar hamda dov-daraxtlarni sug‗orish normalaridan yoki 
ma‗lumotlarning to‗g‗riligini ta‗minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi. 
Soliq to‗lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv 
resurslari hajmlarining alohida-alohida hisobini yuritadilar.
Yuridik shaxslarning hududida ta‗mirlash-qurilish va boshqa ishlarni 
bajaruvchi soliq to‗lovchilar bu ishlarni bajarish jarayonida 
foydalaniladigan suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
to‗lamaydi. Ta‗mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarayotganda 
foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun 
bajarilayotgan bo‗lsa, o‗sha yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq to‗laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonida bajarilgan 
taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗laydi. 
Yagona yer solig‗i to‗lovchilari bo‗lmagan qishloq xo‗jaligi korxonalari 
soliq solinadigan bazani soliq davrida bir gektar sug‗oriladigan erlarni sug‗orish 
uchun sarflanadigan suvning butun xo‗jalik bo‗yicha o‗rtacha hajmidan kelib 
chiqqan holda aniqlaydi. 
2011 yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari quyidagi 
jadval ma‗lumotlarida keltirilgan. 


133 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling