Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi va to„lash muddatlari
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi va to„lash muddatlari. Suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lovchilar tomonidan, dehqon xo‗jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va tashkil etmaydigan)dan tashqari, tasdiqlangan stavkalar bo‗yicha amalda olingan soliqqa tortiladigan suv hajmidan kelib chiqib hisoblanadi. Dehqon xo‗jaliklari (yuridik shaxs tashkil etadigan va yuridik shaxs tashkil etmaydigan) uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davlat soliq xizmati organlari tomonidan umuman xo‗jalik bo‗yicha o‗tgan yilda 1 ga sug‗oriladigan erga sarflangan suv hajmidan kelib chiqib hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi suvdan foydalanish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 1) suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‗lanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan ko‗pni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‗jaligi korxonalari, mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno) – har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunigacha; 2) suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‗lanadigan soliqning umumiy summasi yilning bir choragida eng kam ish haqining ellik baravaridan kamni tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha, yil yakunlari bo‗yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda; 3) yagona yer solig‗ini to‗lashga o‗tmagan qishloq xo‗jaligi korxonalari tomonidan – yilda bir marta hisobot davrining 15 dekabrigacha; 4) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – yilning har choragida yilning hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‗lash to‗g‗risidagi to‗lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobot davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi: - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‗lovchilar tomonidan - hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi; - yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‗lash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha amalga oshiriladi. 135 Soliq to‗lovchilar joriy yilning 15 yanvariga qadar suvdan foydalanish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliqni belgilangan limitdan kelib chiqib yoki suv etkazib berish shartnomasiga ko‗ra har oyda yoki har chorakda to‗lashlari to‗g‗risida bildiruvnoma yuboradilar. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling