Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Soliqni hisobga olish tartibi 
Yuridik shaxslarning byudjet bilan suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq bo‗yicha hisob-kitoblarining buxgalteriya hisobi byudjetga to‗lovlar 
bo‗yicha (turlar bo‗yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvarag‗ida yuritiladi. 
Hisoblab yozilgan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi
-davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‗i debeti; 
-byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‗i krediti. 
Byudjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi: 
-byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‗i debeti; 
-pul mablag‗larini hisobga olish hisobvarag‗i krediti. 
Mavzuga doir masalalar: 
1-masala. Sanoat korxonasi hisobot davrida jami 60000 kub. metr suv 
resurslaridan foydalangan bo‗lib, shundan 35 foizi er osti manbalaridan, qolgan 
qismi esa yer usti manbalaridan olingan. Korxona to‗lashi lozim bo‗lgan suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang. 
Echilishi: 
Sanoat korxonalari uchun ushbu soliq stavkalari er usti manbalaridan 
olingan suv uchun bir kub metrga 640.0 tiyin, er osti manabalaridan 
foydalanilgan suv uchun bir kub metrga 820.0 tiyin belgilangan. 
Korxona 15000 kub metr (60000 x 35%) er osti suvlaridan; 21000 kub metr 
(60000 - 15000) er usti suvlaridan foydalangan. 
Soliq summasi: 
21000 x 640 (6.4 so‗m) = 134400 so‗m 
15000 x 820 (8.2 so‗m) = 123000 so‗mni tashkil etadi. 
2-masala. Elektrostantsiya hisobot davrida 450000 kb.metr er usti suv 
resurslaridan, 50000 kub.metr er osti suv resurslaridan foydalangan. Korxona 
to‗lashi lozim bo‗lgan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini 
hisoblang. 
Echilishi: 
1. Elektrostantsiyalar uchun ushbu soliq stavkalari er usti manbalaridagi 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun 1 kub.metrga 183.0 tiyin, er osti 
manabalaridan foydalanilgan suv uchun 1 kub metrga 273.0 tiyin belgilangan. 
2. Foydalanilgan suv hajmidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib 
chiqib soliq summasini hisoblaymiz: 
450000 x 183.0 (1.83 so‗m) = 823500 so‗m 
50 000 x 273.0 (2.73 so‗m) = 136500 so‗m
Jami: 823500 + 136500 = 960000 so‗m. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling