Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
Mavzu bo‟yicha asosiy xulosalar:
O‗zbekiston sharoitida suv qadrli hisoblanadi. Chunki, respublikamizda qishloq ho‗jaligi asosan sug‗oriladigan yerlardan iborat. Suv har qanday davlat uchun asosiy boylik hisoblanadi. 1998 yilga qadar suvdan foydalanayotgan korxonalar ―suv uchun to‗lov‖ to‗lashar edi. Iste‗molchilarning suvdan samarali, tejab foydalanish maqsadida respublikamiz soliq qonunchiligiga hamda O‗zbekiston Respublikasining ―Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuniga ko‗ra 1998 yil 1-yanvardan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etildi. Ushbu soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, respublika byudjetining asosiy daromad manbalaridan biri hisoblanadi. 2008 yilda Davlat byudjetiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumi 34920 mln. so‗m tushishi prognozlashtirilgan bo‗lib, bu byudjet daromadlarining 0,5 foizini tashkil etadi. Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta‗minlashga qaratilgan muhim vosita – bu davlat tomonidan tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‗liq turli xil to‗lovlardir. Jaxon amaliyotida tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‗lovlar tizimini bonuslar, rentals, royalti va soliqlar tashkil etadi. Bonuslar – bir martalik to‗lov bo‗lib, davlat uchun soliqlar kabi unchalik muhim moliyaviy resurs bo‗lmasada, davlat byudjeti daromadlarini oshirishning zarur elementlaridan biri hisoblanadi. Bonuslar xajmi har bir mamlakatning qonunchiligi bilan belgilanib, ular tabiiy resurslardan foydalanish bo‗yicha kelishuvlar predmeti hisoblanadi. Mavzuga oid asosiy adabiyotlar: 1. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: ―Adolat‖, 2011. –40 b. 2. O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. –T.: ―Adolat‖, 2010. –400 b. 3. O‗zbekiston Respublikasining ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi Qonuni. //Xalq so‗zi, 1997 yil 29 avgust 4. O‗zbekiston Respublikasining ―Soliq maslahati to‗g‗risida‖gi Qonuni. //Xalq so‗zi, 2006 yil 21 sentyabr 5. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖gi 1449-sonli Qarori 6. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖gi PQ-1245-sonli Qarori (2009 yil 22 dekabr). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling