Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

1-savol bo‟yicha dars maqsadi: Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‗ini 
davlat byudjet daromadlarida tutgan o‘rni va soliqni hisoblash tartibi
muddatlarini aniqlab, tushuntirib berish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
1.1. Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‗ini tushuntira oladi. 
1.2. Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‗ini to‘lovchilarini izohlay 
oladi. 
1.3. Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‗ini hisoblab chiqara oladi. 
1-asosiy savol bayoni: 
Yer solig„ining huquqiy asoslari, iqtisodiy mohiyati. 1990 yilda 
O‗zbekistonda ―Yer to‗g‗risida‖ qonun qabul qilindi va ushbu qonunga ko‗ra 
yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning pullik bo‗lishi belgilandi hamda er 
uchun haq yillik er solig‗i sifatida undiriladigan bo‗ldi.


147 
1991 yilda ―Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar 
to‗g‗risida‖, 1993 yilda ―Yer solig‗i to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasi 
Qonuni qabul qilinib, unda er solig‗ini undirishda soliqqa tortish ob‗ekti, 
sub‗ektlari, soliq bo‗yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash va byudjetga to‗lash 
tartiblari ko‗rsatib berildi. 1997 yilda ―Soliq kodeksi‖ning qabul qilinishi hamda 
1998 yildan uning kuchga kiritilishi bilan yer solig‗ining to‗laqonli huquqiy 
asoslari yaratildi. Yer solig‗i O‗zbekiston soliq tizimida mahalliy soliqlar va 
yig‗imlar tarkibiga kiradi hamda mahalliy byudjetlarning barqaror daromad 
manbai hisoblanadi. 
Yer solig‗i boshqa soliq turlaridan farqli o‗laroq, o‗ziga hos xususiyatlarga 
ega. Jumladan, o‗zining iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra u renta to‗lovidir yoki 
boshqacha qilib aytganda ushbu soliq er egalari va erdan foydalanuvchi xo‗jalik 
yurituvchi sub‗ektlar moliyaviy faoliyatining natijalari bilan bog‗liq emas. 
Demak, ushbu soliqni joriy etilishidan maqsad – yerdan oqilona foydalanishni 
rag‗batlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, sifati turlicha bo‗lgan erlarda 
xo‗jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish, aholi 
yashaydigan joylarda infrastruktura rivojlanishini ta‗minlash hamda erni talon-
taroj qilinishiga yo‗l qo‗ymaslik hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasida jami er fondi 2008 yilda 44410,3 ming 
gektarni tashkil etib, shundan 57,8 foizi qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilari ixtiyoridagi er maydonlariga to‗g‗ri kelgan. 2009 yilda esa 57,9 
foizi, 2010 yilda 58,2 foizini tashkil qilgan (1-diagramma).

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling