148
qismining ular tasarrufiga o‗tkazilishi hamda zaxira erlarning o‗zlashtirilishi
bilan izohlanadi.
Yer solig„ini to„lovchilar. Soliq qonunchiligiga ko‗ra o‗z mulkida,
egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‗lgan yuridik shaxslar,
shu jumladan O‗zbekiston Respublikasining norezidentlari yer solig‗ini
to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadi. Agarda soliqqa
tortishning alohida tartibi
o‗rnatilgan yuridik shaxslar (mikrofirma va kichik korxonalar, savdo va umumiy
ovqatlanish
korxonalari, yagona yer solig‗ini to‗lovchi qishloq ho‗jalik
korxonalari, tadbirkorlik faoliyatining qat‗iy soliq to‗lanishi belgilangan yuridik
shaxslar, audio va video kassetalar, lazer
disklarini ishlab chiqish, yozish,
ko‗paytirish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar) hamda notijorat
tashkilotlar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan
shug‗ullansalar, unda ular shu faoliyatda foydalaniladigan
erlari uchun er
solig‗ini to‗lovchilari hisoblanishadi.
Yer uchastkasidan foydalanganlik uchun soliq solish maqsadlarida
mashina-traktor parklari (shu jumladan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‗jalik
korxonalari hududida barpo etiladigan muqobil mashina-traktor parklari), pilla
urug‗i
tayyorlash, pilla tayyorlash va birlamchi ishlov berish korxonalari qishloq
xo‗jaligi korxonalariga tenglashtiriladi.
Ko‗chmas mulk ijaraga berilganda ijaraga beruvchi yer solig‗ini to‗lovchisi
hisoblanadi. Qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik
shaxslar (savdo korxonalari bundan mustasno) er solig‗i o‗rniga
byudjetga ijara
haqi to‗laydilar. Ijara haqi taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu
haq qonun hujjatlarida belgilangan yer solig‗ining
bir stavkasidan kam va uch
stavkasidan ko‗p bo‗lmasligi, erlardan qishloq xo‗jaligi ehtiyojlari uchun
foydalanilgan taqdirda esa - bir stavkasi miqdorida bo‗lishi lozim.
Yer ijarachilarining hisobi, ijaraga olingan
er uchun ijara haqi hisob-
kitoblarini taqdim etish, ijara haqini hisoblab chiqarish va to‗lash yer solig‗i
uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: