Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Yer solig„i ob„ekti, bazasi va soliq stavkalari


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Yer solig„i ob„ekti, bazasi va soliq stavkalari. Soliq kodeksiga ko‗ra mulk 
huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida 
yuridik shaxslarda bo‗lgan yer uchastkalari soliq solish ob‗ekti hisoblanadi. 
Soliq kodeksining 280-moddasiga ko‗ra quyidagilarga soliq solish ob‗ekti 
sifatida qaralmaydi: 
a) 
aholi 
punktlarining 
umumiy 
foydalanishdagi 
yerlari. 
Aholi 
punktlarining umumiy foydalanishdagi erlari jumlasiga maydonlar, ko‗chalar, 
tor ko‗chalar, yo‗llar, sug‗orish tarmog‗i, sohil bo‗yi yerlari va boshqa shu kabi 
yerlar; 
b) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun 
foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‗lar, sayilgohlar, xiyobonlar, 
shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar); 
v) kommunal-maishiy yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish 
va ularni utilizatsiya qilish joylari va boshqa shu kabi joylar); 
g) zahira yerlar. 


149 
Mavjud 
yer 
uchastkalaridan 
qonun 
xujjatlariga 
muvofiq 
soliq 
solinmaydigan yer uchastkalari maydonlarini chegirib tashlash orqali soliq 
solinadigan baza aniqlanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‗i stavkalari O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi va soliq to‗lovchilarga Moliya 
vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasi va ularning quyi organlari tomonidan 
belgilangan tartibda etkaziladi. 
Yer solig‗i stavkalari jahon amaliyotida qabul qilinganidek, yer qiymatidan 
kelib chiqib belgilanadi.
O‗zbekiston Respublikasida yerning bozor qiymati shakllanmaganligi 
sababli, 1 gektar sug‗oriladigan yerdan olinadigan dehqonchilik yalpi 
mahsulotining o‗rtacha qiymatidan kelib chiqib, uni shartli baholash amalga 
oshiriladi. 
Jahon soliq amaliyotida yer solig‗i stavkalari turli mamlakatlarda turlicha 
belgilanadi, lekin o‗rtacha olganda yer qiymatining 5 foizidan oshmaydi. Soliq 
stavkalarini belgilashda tuproq boniteti (sifati) hisobga olinadi. Bonitetni 
aniqlashda tuproqning genetik kelib chiqishi, mexanik tarkibi, sho‗rlanganlik 
darajasi, tuproq qatlamining suv o‗tkazaolishi, zichligi kabi boshqa tabiiy 
xossalari hisobga olinadi. Tuproq boniteti 100 balli tizim bo‗yicha aniqlanadi. 
100 ball 10 ta klassga bo‗linadi, ya‗ni 1 klass erlar nol balldan 10 ballgacha, 2 
klass erlar 11 balldan 20 ballgacha, 3 klass erlar 21 balldan 30 ballgacha va h.k. 
10 klass erlar 91 balldan 100 ballgacha baholanadi. Bunda erning ball boniteti 
qancha yuqori bo‗lsa soliq stavkasi ham shuncha yuqori belgilanadi. 
Yerlardan noqishloq xo‗jalik maqsadlarida foydalanadigan yuridik 
shaxslardan olinadigan yer solig‗i stavkalari O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasining 2011 
yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti 
parametrlari to‗g‗risida‖ gi PQ-1449-sonli qaroriga asosan quyidagicha 
guruhlanadi: 
1. Sug‗oriladigan jamoat qishloq xo‗jaligi yerlari uchun undiriladigan yer 
solig‗i stavkalari. 
2. Lalmi ekinzorlar, bo‗z erlar va ko‗p yillik ko‗chatlar uchun 
undiriladigan yer solig‗i stavkalari. 
3. Sug‗orilmaydigan pichanzorlar va yaylovlar uchun undiriladigan yer 
solig‗i stavkalari. 
4. Qishloq xo‗jaligi va o‗rmon xo‗jaligida foydalanilmaydigan boshqa erlar 
uchun undiriladigan yer solig‗i stavkalari. 
5. Toshkent shahrida er uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig‗i 
stavkalari. 
6. Shahar va posyolkalardagi er uchastkalaridan olinadigan yer solig‗i 
stavkalari. 
7. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan undiriladigan er solig‗i stavkalari. 


150 
8. Qishloq joylarda joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun 
fuqarolardan undiriladigan er solig‗i stavkalari. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroridan kelib chiqib, mahalliy 
xokimiyat idoralari ham o‗zlarining xududiy territoriyasiga qarab qaror 
chiqarishadi va unda tegishli koeffitsientlar hisobga olinadi.
Qishloq xo‗jalik erlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi yoki 
erdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) 
taqdirda, yer solig‗i erning sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar 
bo‗yicha undiriladi. 
Shaharlar va shahar qo‗rg‗onlarining ma‗muriy chegaralarida joylashgan 
qishloq xo‗jalik ahamiyatiga molik erlar uchun yer solig‗i qishloq xo‗jalik 
erlariga belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida undiriladi. 
Yuridik shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig‗ini to‗lashdan 
ozod etilgan), davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan 
ortiqcha er uchastkalari uchun yer solig‗i yuridik shaxslar uchun 2,0 
koeffitsientini qo‗llagan holda to‗lanadi. Davlat hokimiyati organlari tomonidan 
ajratilgan maydonlardan ortiqcha foydalaniladigan yerlar uchun yuqorida 
ko‗rsatilgan koeffitsientni qo‗llagan holda yer solig‗i to‗lanmagan taqdirda soliq 
to‗lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo choralari 
qo‗llanadi. 
Ma‗muriy va sanoat markazlariga nisbatan olganda yer uchastkalarining 
joylashish joyiga bog‗liq holda qishloq joylari uchun belgilangan yer solig‗i 
stavkalariga quyidagi koeffitsientlar qo‗llanadi: 
-Toshkent shahri atrofida 20 km lik aylanada - 1.30; 
-Qoraqalpog‗iston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 
km lik aylanada - 1.20; 
-tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada - 1,15; 
-boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada - 1,10. 
Yer uchastkalarigacha masofa shaharlar va tuman markazlarining 
ma‗muriy chegaralaridan boshlab avtomobil yo‗llari bo‗ylab belgilanadi. Yer 
uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan taqdirda shaharning yuqoriroq 
funktsional vazifasiga muvofiq keladigan koeffitsient qabul qilinadi. 
Bir qishloq aholi punkti doirasida yagona stavkalarni belgilash maqsadida 
soliq to‗lovchilarga berilgan yerlar, erlarning qanday qismi ushbu zonaga 
kirishiga bog‗liq holda, butunlay shahar atrofi zonasiga kiritiladi yoki ushbu 
zonadan butunlay chiqariladi. 
Dehqon xo‗jaliklaridan undiriladigan yer solig‗ini hisoblab chiqarish 
chog‗ida er solig‗i stavkalariga, yer sifatiga bog‗liq holda quyidagi 
koeffitsientlar qo‗llaniladi: 
-tuproq boniteti 40 ballgacha bo‗lsa - 0,75; 
-tuproq boniteti 41 dan 70 ballgacha bo‗lsa - 1,0; 
-tuproq boniteti 70 balldan ortiq bo‗lsa - 1,25. 


151 
Shahar va qo‗rg‗onlarning ma‗muriy chegaralarida joylashgan kon va 
karerlar band etgan yerlar uchun soliq korxonalar, muassasalar va tashkilotlar 
uchun belgilangan stavkalarga 0,1 koeffitsientini qo‗llagan holda to‗lanadi. 
O‗rmon xo‗jaliklarida mollarni o‗tlatish uchun foydalanilmaydigan yaylov 
yerlar uchun yer solig‗i boshqa erlar uchun stavkalar bo‗yicha to‗lanadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling