Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Yer solig„i bo„yicha imtiyozlar. Soliq kodeksining 282-moddasiga ko‘ra 
soliq solinmaydigan er uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi: 
a) jamoa bog‗dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligining, jamoa 
garajlarining umumiy foydalanishdagi erlari. Ularga borish yo‗llari, ariqlar, 
kollektorlar va umumiy foydalanishdagi boshqa yerlar kiradi; 
b) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar (davlat qo‗riqxonalari, 
milliy va dendrologiya bog‗lari, botanika bog‗lari, zakazniklar, ov qilishga 
mo‗ljallanganlari 
bundan mustasno, tabiat yodgorliklari), korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda maxsus maqsadlar uchun 
berilgan, ihota daraxtzorlari egallagan yerlar; 
v) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tegishli muassasalar va 
tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan tarixiy-madaniy qo‗riqxonalar, 
xotira bog‗lari, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari 
egallagan yerlar); 
g) suv fondi yerlari (daryolar, ko‗llar, suv omborlari, kanallar, dengizlar, 
muzliklar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo‗jaligi inshootlari 
egallagan erlar, shuningdek suv havzalari sohilidagi suv xo‗jaligi ehtiyojlari 
uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan 
yerlar); 
d) elektr uzatish liniyalari, podstantsiyalar, umumdavlat aloqa liniyalari va 
ularning inshootlari egallagan yerlar. 
e) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‗llari va ularning inshootlari 
egallagan yerlar. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‗llariga O‗zbekiston 
Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda ularning indekslari va 
tartib raqamlarini ko‗rsatgan holda tegishli ro‗yxatlarga kiritilgan avtomobil 
yo‗llari taalluqlidir. 
Avtomobil yo‗llarining inshootlariga ko‗priklar, yo‗l chetidagi ariqlar, yon 
tomondagi zaxira erlar, ko‗tarma ortidagi ariqlar va ko‗tarmalar, tog‗dagi suv 
ajratish kanallari, avtobus bekatlari, tushishlar, traktor yo‗llari, piyodalar va 
velosiped yo‗laklari, o‗pirilish, sel, ko‗chkiga qarshi va avtomobil yo‗llari uchun 
ajratilgan erlarda joylashtirilgan boshqa himoya inshootlari kiradi; 
j) temir yo‗llarning umumiy tarmog‗i va ularning inshootlari egallagan 
yerlar.
Sanoat va boshqa korxonalarga o‗tkazilgan temir yo‗llar egallagan yerlar 
uchun soliq belgilangan tartibda to‗lanadi. 
Temir yo‗llarning inshootlari tarkibiga zaxiralar, tuproqtepalar, yo‗ldagi 
suv ajratish, mustahkamlash va tutib turish inshootlari, yo‗llar bo‗ylab qordan 
himoyalash va qumni mustahkamlash polosalari, tortish podstantsiyalari, 
tonnellar va shu singari sun‘iy inshootlar va yo‗l qurilmalari kiradi; 


152 
z) umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti yo‗llari va metropoliten 
liniyalari (shu jumladan, metropoliten bekatlari egallagan erlar) va ularning 
inshootlari egallagan yerlar. Mazkur imtiyoz tramvay yo‗llari va trolleybus 
liniyalari, metropoliten liniyalari, tramvay va trolleybus bekatlari, shu jumladan 
dispetcherlik punktlari, metropoliten bekatlari va shahar elektr transporti 
yo‗llaridagi boshqa inshootlar egallagan yerlarga tatbiq etiladi. Ma‗muriy va 
boshqa yordamchi binolar, depolar (depo hududida joylashgan elektr transporti 
yo‗llari va metropoliten liniyalari egallagan erlardan tashqari), qurilish va 
ta‗mirlash ob‗ektlari egallagan erlar uchun soliq belgilangan tartibda to‗lanadi; 
i) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, 
sportning texnik turlari ob‗ektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog‗lomlashtirish 
komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sog‗lomlashtirish joylari, 
sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o‗quv-mashq bazalari 
egallagan yerlar; 
k) magistral suv quvurlari, magistral kanalizatsiya kollektorlari va ularning 
inshootlari, suv olish va tozalash inshootlari, shuningdek suv ta‗minoti va 
kanalizatsiyaga tegishli boshqa ob‗ektlar egallagan yerlar. Suv ta‗minoti va 
kanalizatsiyaga tegishli boshqa ob‗ektlar tarkibiga aholi punktlarida suv quvuri 
va kanalizatsiya tarmog‗idagi nasos stantsiyalari, kuzatish quduqlari va 
dyukerlar, suv minoralari va shu singari inshootlar kiradi; 
l) magistral gaz va neft quvurlari va ularning inshootlari egallagan yerlar; 
m) magistral issiqlik trassalari va ularning inshootlari egallagan yerlar. 
Issiqlik trassalarining inshootlariga nasos stantsiyalari, issiqlikni hisobga olish 
va nazorat qilish asboblari, isitkichlar, issiq suv ta‗minotining tsirkulyatsiya 
nasoslari kiradi; 
n) samolyotlarning uchish-qo‗nish maydonlari, shu jumladan ularni erda 
boshqarish yo‗laklari va to‗xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining 
radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan yerlar; 
o) O‗zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan ob‗ektlar 
qurilishi uchun ajratilgan erlar - qurilishning me‗yoriy muddati davriga, 
shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qurilish ishlari to‗xtatib 
qo‗yilgan ob‗ektlar egallagan erlar. Investitsiya dasturiga kiritilgan ob‗ektlar 
qurilishining me‗yoriy muddati tugagach, shuningdek to‗xtatib qo‗yilgan 
ob‗ektlarni qurish davom etilgan yoki ular faoliyat ko‗rsata boshlagan hollarda 
er solig‗i qurilishning me‗yoriy muddati tugashidan yoki ob‗ekt qurilishi yoxud 
undan foydalanish boshlanganidan keyingi oydan boshlab to‗lana boshlaydi. 
Investitsiya 
dasturiga 
kiritilgan 
ob‗ektlar qurilishiga ajratilgan er 
uchastkalariga soliq solinmaydi. Agar Investitsiya dasturiga ko‗ra korxona, 
uning alohida tsexlarini ta‗mirlash yoki qayta jihozlash nazarda tutilgan bo‗lsa, 
bunday hollarda mazkur imtiyoz qo‗llanmaydi; 
p) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stantsiyalari hamda postlari 
egallagan yerlar; 
r) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‗jaligi ahamiyatiga molik va o‗rmon 
fondidagi erlari, qishloq xo‗jaligi va o‗rmon xo‗jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot 


153 
tashkilotlari hamda o‗quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‗quv-
tajriba xo‗jaliklarining bevosita ilmiy va o‗quv maqsadlari uchun 
foydalaniladigan erlari. Ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlar 
selektsiyasini amalga oshirish hamda mavzu doirasi tasdiqlangan boshqa ilmiy 
va o‗quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar va ko‗chatlar egallagan yer 
uchastkalari soliq to‗lashdan ozod etiladi; 
s) yangi o‗zlashtirilayotgan erlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari 
olib borilayotgan sug‗oriladigan yerlar - loyihada nazarda tutilgan muddatga, 
lekin ishlar boshlanganidan e‗tiboran ko‗pi bilan besh yilga; 
t) rekreatsion ahamiyatga molik erlar (aholining ommaviy dam olishi va 
turizmni tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar: o‗rmon 
bog‗lari, bog‗lar, xiyobonlar, plyajlar va hokazolar). 
Bunda muassasa deganda mulkdor tomonidan boshqarish, ijtimoiy-
madaniy yoki notijorat tusidagi boshqa funktsiyalarni bajarish uchun tashkil 
etilgan holda u tomonidan to‗liq yoki qisman moliyalanadigan tashkilot tan 
olinadi; 
u) sog‗lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (kasalliklarning oldini olish 
va odamlarni davolash ishini tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga ega 
bo‗lgan erlar); 
f) qishloq xo‗jalik va o‗rmon xo‗jaligi korxonalari hamda tashkilotlarining 
o‗rmonlar va ihotazorlar, ta‗lim, madaniyat va sog‗liqni saqlash ob‗ektlari, 
shuningdek sport inshootlari egallagan yerlari; 
x) qishloq xo‗jalik korxonalarining yangi o‗tqazilgan bog‗ va uzumzorlari - 
ular meva qilish davriga kirishigacha, qishloq xo‗jalik ekinlari ekish uchun qator 
oralaridan foydalanilishidan qat‘i nazar. 
Yangi tut ko‗chatlari o‗tqazilgan er uchastkalari - qator oralaridan qishloq 
xo‗jalik ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat‘i nazar, 3 yil muddatga. 
Shu munosabat bilan bahorda o‗tqazilgan tut ko‗chatlari soliq to‗lashdan uch 
yilga ozod qilinadi, bunga ko‗chat o‗tqazilgan yil ham kiradi. Kuzda o‗tqazilgan 
ko‗chatlar o‗tqazilgan yildan keyingi yildan boshlab uch yilga soliq to‗lashdan 
ozod qilinadi; 
ch) soliq to‗lovchining balansida bo‗lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida 
foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik 
ob‗ektlar egallagan erlar. Fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik 
ob‗ektlar egallagan erlar maydoni haqiqatda egallagan maydondan kelib chiqib 
qabul qilinadi. 
Agar soliq solinmaydigan er uchastkasi maqsadga ko‗ra foydalanilmasa, 
ushbu maydon uchun er solig‗i belgilangan tartibda to‗lanadi. Bunday er 
uchastkasidan qishloq xo‗jalik ekinlari va ko‗chatlarni parvarishlash uchun 
foydalanilsa, soliq qishloq xo‗jaligi ahamiyatiga molik erlar uchun stavkalar 
bo‗yicha to‗lanadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling