Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Quyidagi yuridik shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadilar
a) madaniyat, ta‗lim, sog‗liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish muassasalari, qaysi idoraga bo‗ysunishidan qat‘i nazar, ular 


154 
zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ajratilgan yer 
uchastkalari uchun. 
Ularga quyidagilar kiradi: 
1) madaniyat va san‘at muassasalari (kutubxonalar, muzeylar, 
ko‗rgazmalar, klub muassasalari, maktabgacha tarbiya muassasalari, madaniyat 
va istirohat bog‗lari, botanika bog‗lari va hayvonot bog‗lari, televidenie va 
radioeshittirish tahririyatlari, teatrlar, kinoteatrlar, kontsert tashkilotlari va 
jamoalari, tsirklar, kinostudiyalar va ovoz yozish studiyalari, va boshqalar); 
2) maorif muassasalari (oliy va o‗rta maxsus ma‗lumotli kadrlar tayyorlash, 
oliy ma‗lumotli kadrlar tayyorlash, o‗rta maxsus ma‗lumotli kadrlar tayyorlash, 
ishchilar va boshqa xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, umumiy 
ta‗lim bolalar maktablari, maktabgacha tarbiya, ota-onalar qarovsiz qolgan 
bolalarni tarbiyalash muassasalari); 
3) sog‗liqni saqlash muassasalari (kasalxona muassasalari, dispanserlar, 
ambulatoriya-poliklinika muassasalari, tez va shoshilinch tibbiy yordam hamda 
qon quyish muassasalari, onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari, 
sanatoriy-kurort muassasalari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sanitariya-
epidemiologiya muassasalari, sanitariya maorifi muassasalari, sud-tibbiy 
ekspertiza muassasalari); 
4) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari (vrachlik-
mehnat ekspertiza komissiyalari, qariyalar va nogironlar uchun internet uylar). 
b) dehqon xo‗jaliklari - davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan paytdan e‗tiboran 
ikki yil muddatga
v) nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg‗armasi va 
"O‗zbekiston chernobilchilari" uyushmasi mulkida bo‗lgan, ishlovchilari 
umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, 
savdo, vositachilik, ta‗minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‗ullanuvchi 
yuridik shaxslar bundan mustasno. 
Xodimlarning umumiy soniga korxona shtatida bo‗lgan, shu jumladan 
o‗rindoshlik bo‗yicha ishlovchilar, shuningdek korxona shtatida bo‗lmagan 
(pudrat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy tusdagi boshqa shartnomalar bo‗yicha 
ishlarni bajaradigan) xodimlar kiritiladi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling