Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Yer solig„ini hisoblab chiqarish va byudjetga to„lash muddatlari
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
Yer solig„ini hisoblab chiqarish va byudjetga to„lash muddatlari. Yer
solig‗i yuridik shaxslar tomonidan har yili 1 yanvargacha bo‗lgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq bo‗yicha hisob-kitoblar er uchastkasi joylashgan hududdagi davlat soliq organiga joriy yilning 15 fevraligacha qishloq xo‗jaligi ahamiyatiga ega bo‗lmagan hamda qishloq xo‗jaligi ahamiyatiga molik erlar uchun belgilangan shakllar bo‗yicha taqdim etiladi. Bo‗shatib olinayotgan mablag‗lardan muayyan maqsadlar uchun foydalanish sharti bilan imtiyozlar olgan yuridik shaxslar soliq to‗lovchilar uchun belgilangan shakl bo‗yicha va muddatlarda er solig‗i hisob-kitobini taqdim etadilar. Yuridik shaxs hisoblangan dehqon xo‗jaliklari hisoblab yozilgan yer solig‗i umumiy summasining 95%ini byudjetga, 5%ini esa Dehqon va fermer 155 xo‗jaliklarini qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasiga to‗laydilar. Hisob-kitoblarda Jamg‗armaga to‗lanadigan summa alohida satrda aks ettiriladi. Yer solig‗ini hisoblab chiqarish yer uchastkasi haqiqatda egallagan maydondan kelib chiqib amalga oshiriladi. Yer uchastkalarining umumiy maydonlari to‗g‗risidagi ma‗lumotlar yer uchastkasiga bo‗lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar yoki yerlarni inventarizatsiyalash dalolatnomalari bo‗yicha qabul qilinadi. Yil davomida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga mulk huquqi, yerga egalik qilish huquqi, yerdan foydalanish huquqi vujudga kelgan (bekor bo‗lgan) taqdirda, shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni kengaygan (kamaygan) yoki yer solig‗i bo‗yicha imtiyoz huquqlari to‗xtatib qo‗yilgan (paydo bo‗lgan) hollarda ular yer uchastkasi ajratilgan (olib qo‗yilgan) yoki imtiyozlar to‗xtatilgan (paydo bo‗lgan) kundan e‗tiboran bir oydan kechiktirmay davlat soliq organlariga yer solig‗i bo‗yicha hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart. Hisobot yili davomida yer mulklari tarkibida o‗zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar davlat soliq organlariga yer solig‗i to‗lanadigan hisobot yilining 1 noyabriga qadar yer solig‗ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim etadilar. Agar alohida bino bir necha yuridik shaxsning balansida bo‗lsa, yer solig‗ini har bir yuridik shaxs alohida, egallagan ishlab chiqarish xonalariga mutanosib ravishda to‗laydi. Ko‗p qavatli turar joylarning bir qismini egallagan yuridik shaxslar yer solig‗ini turar joy egallagan umumiy maydondan va mazkur yuridik shaxs tomonidan foydalaniladigan ishlab chiqarish xonalarining hissasidan kelib chiqib hisoblab chiqaradilar. Yuridik shaxslar (qishloq xo‗jaligi korxonalaridan tashqari) soliqni har chorakda, chorak ikkinchi oyining 15-kuniga qadar teng ulushlar bilan to‗laydilar (15 fevral, 15 may, 15 avgust, 15 noyabr). Agar yuridik shaxs yer uchastkasini hisobot choragi uchun to‗lash muddati tugaganidan keyin olgan bo‗lsa, ushbu davr uchun soliqni to‗lash muddati bo‗lib keyingi chorak uchun soliq to‗lash muddati hisoblanadi. Yagona yer solig‗ini to‗lashga o‗tmagan qishloq xo‗jaligi korxonalari yer solig‗ini hisobot yilining 1 iyuliga qadar – yillik soliq summasining 20 foizini, hisobot yilining 1sentyabriga qadar – yillik soliq summasining 30 foizini va hisobot yilining 1 dekabriga qadar – hisoblangan soliqning qolgan (50 foizi) summasini to‗lashni amalga oshiradi. Yil davomida ajratilgan er uchastkalari uchun soliq er uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan boshlab to‗lanadi. (Masalan, vakolatli hokimiyat organining 15 avgustdagi qarori bilan korxonaga er ajratilsa, u er solig‗ini 1 sentyabrdan boshlab to‗laydi). Yuridik shaxslarga yer solig‗i bo‗yicha imtiyoz belgilansa, ular ushbu huquq paydo bo‗lgan oydan boshlab soliq to‗lashni to‗xtatadilar. Yer solig‗i bo‗yicha imtiyoz huquqi to‗xtatilgan taqdirda ular yer solig‗ini ushbu huquq to‗xtatilgan oydan keyingi oydan boshlab to‗laydilar. 156 Soliq to‗lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to‗langan taqdirda, agar boshqa soliqlar va yig‗imlar bo‗yicha qarz mavjud bo‗lmasa, ushbu summalar soliq to‗lovchiga o‗ttiz kun ichida uning yozma arizasi bo‗yicha qaytariladi yoki bo‗lg‗usi to‗lovlar hisobiga qayd etiladi. Yer solig‗i, s oliq to‗lovchining joylashgan eridan qat‘i nazar, hududida er uchastkasi joylashgan tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to‗lanadi. Agar er uchastkasi ham tuman, ham shahar hududida joylashgan bo‗lsa, soliq xuddi shu tartibda to‗lanadi. Yuridik shaxslarning byudjet bilan er solig‗i bo‗yicha hisob-kitoblari buxgalteriya hisobi byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‗ida yuritiladi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling