Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Nazorat savollari: 

Yer solig‗ini yuridik shaxslardan undirishning sababi nimada? 

Yer solig‗ining huquqiy asoslari O‗zbekistonda qachon 
shakllangan? 

O‗zbekistonda er fondi qanday tarkib topgan? 

Kimlar yer solig‗ini to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadi? 

Alohida soliq rejimiga o‗tgan yuridik shaxslar yer solig‗ini 
to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadimi?

Yer solig‗ini undirish ob‗ekti nima? 

Soliq stavkalari qanday mezonlar asosida belgilanadi? 

Qanday yerlar soliq solinmaydigan er uchastkalari hisoblanadi? 

Qanday yuridik shaxslar yer solig‗idan ozod qilinadi? 

Yer solig‗ini hisoblab chiqarish va byudjetga to‗lash muddatlari 
qanday belgilangan? 
2-savol bo‟yicha dars maqsadi: Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer 
solig‗ini davlat byudjet daromadlarida tutgan o‘rni va soliqni hisoblash tartibi
muddatlarini aniqlab, tushuntirib berish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
2.1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‗ini tushuntira oladi. 
2.2. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‗ini to‘lovchilarini izohlay 
oladi. 
2.3. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‗ini hisoblab chiqara oladi. 
2-asosiy savol bayoni: 
Yer solig„ini to„lovchilar, soliq ob„ekti va bazasi 
Soliq kodeksiga ko‗ra o‗z mulkida, egaligida, foydalanishida yoki ijara 
huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‗lgan jismoniy shaxslar, shuningdek 
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jaliklari 
yer solig‗ining to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 
ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‗lanadigan ijara haqi yer solig‗iga 
tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer 
solig‗ini to‗lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish, 
soliq hisob-kitoblarni taqdim etish va soliqni to‗lash tartibi tatbiq etiladi. 
Jismoniy shaxslarning quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan ob‗ekt 
hisoblanadi: 


158 

dehqon xo‗jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilishga berilgan yer uchastkalari

yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilishga berilgan yer uchastkalari; 

jamoa bog‗dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun 
berilgan yer uchastkalari; 

xizmat yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq berilgan chek yerlar

meros bo‗yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy, dala 
hovli bilan birgalikda egalik qilish huquqi ham o‗tgan yer uchastkalari; 

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer 
uchastkalari; 

tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga 
berilgan yer uchastkalari. 
Soliq kodeksiga ko‗ra ko‗chmas mulkka ega bo‗lgan huquqlarni davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining 
maydoniga doir ma‗lumotnomalari soliq solinadigan baza bo‗lib hisoblanadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling