Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish
Yer solig„ini hisoblab chiqarish tartibi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH
Yer solig„ini hisoblab chiqarish tartibi
Jismoniy shaxslar uchun yer solig‗ini davlat soliq organlarining xodimlari hisoblab chiqaradi. Davlat soliq xizmati organlari yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar bo‗lgan jismoniy shaxslarning muntazam hisobini yuritadilar. Dehqon xo‗jaliklari (yuridik shaxsni tashkil etmaganlari) hisoblab yozilgan yer solig‗i umumiy summasining 95 foizini byudjetga va 5 foizini Dehqon va 160 fermer xo‗jaliklarini qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasiga to‗laydilar. Shu munosabat bilan davlat soliq organlari dehqon xo‗jaliklariga yoziladigan to‗lov xabarnomalarida byudjetga to‗lanadigan yer solig‗i summasi va Jamg‗armaga to‗lanadigan yer solig‗i summasini alohida ko‗rsatadilar. Soliq to‗lanishi to‗g‗risidagi to‗lov xabarnomalari jismoniy shaxslarga davlat soliq organlari tomonidan har yili, joriy yilning 1 mayidan kechiktirmay topshiriladi. Yer uchastkalarining maydoni o‗zgarganda va yil davomida imtiyoz huquqi paydo bo‗lganda yoki bekor qilinganda davlat soliq organlari bir oy davomida soliqni qayta hisob-kitob qilishlari va soliq to‗lovchiga to‗lash muddatlari o‗zgarganini hisobga olgan holda yangi yoki qo‗shimcha to‗lov xabarnomasini taqdim etishlari shart. Jismoniy shaxslarga shahar va qo‗rg‗onlarda yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkalarining maydonlari yakka tartibdagi uy-joylarni hisobga olish va nazorat qilish shahar yoki tuman boshqarmasi yoxud ishlab chiqarish uy-joy inspektsiyasining mavjud materiallari bo‗yicha hisobga olinib, har yili naturada aniqlashtiriladi. Jismoniy shaxslarga qishloq joylarda shaxsiy yordamchi xo‗jalik (dehqon xo‗jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkalari tomorqa yerlardan va jamoat yerlarida qo‗shimcha ajratilgan yer uchastkalaridan iborat bo‗lishi mumkin. Bunday holda tomorqa yerlar maydoni yer kadastri ma‗lumotlari bo‗yicha qabul qilinib, yuz bergan o‗zgarishlar har yili naturada aniqlashtiriladi. Jamoat yerlarida qo‗shimcha ajratilgan yer uchastkalari maydoni xo‗jaliklarning ma‗lumotlari bo‗yicha hisobga olinib, har yili aniqlashtiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki shaxsiy yordamchi xo‗jalik (dehqon xo‗jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullansa yoki yerdan maqsadli foydalanishni o‗zgartirmasdan o‗z uyini ofis sifatida rasmiylashtirsa, bunda undan yer solig‗i yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki dehqon xo‗jaligini yuritish uchun berilgan yerlar uchun belgilangan stavkalar bo‗yicha undiriladi. Ko‗p xonadonli turar joylarda yashaydigan jismoniy shaxslardan yer solig‗i undirilmaydi. Xonadondan yoki ko‗p xonadonli turar joylarning bir qismidan odamlarning yashashi bilan bog‗liq bo‗lmagan maqsadlarda foydalanilganda, belgilangan tartibda xonadonning umumiy maydonidan kelib chiqib, yer solig‗ining tegishli hissasi undiriladi. Egalik qilish huquqi meros bo‗yicha turar joy, noturar imorat va inshootlar, bog‗ uychasi o‗tishi bilan birga o‗tgan yer uchastkalari uchun yer solig‗i merosxo‗rlardan, meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini hisobga olgan holda undiriladi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling