Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Yer solig„ini byudjetga to„lash muddatlari


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

 Yer solig„ini byudjetga to„lash muddatlari 
Jismoniy shaxslar hisoblangan yillik yer solig‗ini teng ulushlarda yiliga 
ikki muddatda - 15 iyundan va 15 dekabrdan kechiktirmay to‗laydilar. 
To‗langan soliq summasi belgilangan tartibda mahalliy byudjetga tushadi.


161 
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi 
ajratilgan oydan keyingi oydan boshlab to‗lanadi. Masalan, vakolatli hokimiyat 
organining 15 sentyabrdagi qarori bilan korxonaga yer ajratilsa, u yer solig‗ini 1 
oktyabrdan boshlab to‗laydi. 
Yer solig‗i to‗lovchi jismoniy shaxslar davlat soliq xizmati organlarining 
qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari ustidan davlat soliq 
xizmatining yuqori organlari yoki sudga shikoyat qilish huquqiga egadirlar. 
Davlat soliq xizmati organlari soliqning to‗g‗ri hisoblab chiqarilishi va o‗z 
vaqtida to‗lanishi ustidan belgilangan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni 
amalga oshiradilar. 
Nazorat savollari: 
1. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‗ining to‗lovchilari kimlar? 
2. Jismoniy shaxslarning qanday yerlari soliq solish ob‗ekti bo‗la oladi? 
3. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‗i stavkalari qanday 
belgilanadi? 
4. Jismoniy shaxslar berilgan yerlardan foydlanmagan holatda qanday 
tartibda ulardan soliq undiriladi? 
Mavzu bo‟yicha asosiy xulosalar: 
Yer solig‗i boshqa soliq turlaridan farqli o‗laroq, o‗ziga hos xususiyatlarga 
ega. Jumladan, o‗zining iqtisodiy mohiyatiga ko‗ra u renta to‗lovidir yoki 
boshqacha qilib aytganda ushbu soliq er egalari va erdan foydalanuvchi xo‗jalik 
yurituvchi sub‗ektlar moliyaviy faoliyatining natijalari bilan bog‗liq emas. 
Demak, ushbu soliqni joriy etilishidan maqsad – yerdan oqilona foydalanishni 
rag‗batlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, sifati turlicha bo‗lgan erlarda 
xo‗jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish, aholi 
yashaydigan joylarda infrastruktura rivojlanishini ta‗minlash hamda erni talon-
taroj qilinishiga yo‗l qo‗ymaslik hisoblanadi.
Soliq qonunchiligiga ko‗ra o‗z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer 
uchastkalariga ega bo‗lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‗zbekiston 
Respublikasining norezidentlari yer solig‗ini to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadi.  

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling