Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Ko‟rib chiqiladigan asosiy savollar


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Ko‟rib chiqiladigan asosiy savollar: 
1. Yagona soliq to‘lovi va uni hisoblash. 
2. Yagona yer solig‘i va uni o‘ziga xos xususiyatlari. 
3. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat‘iy belgilangan soliq. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar : yagona soliq, mikrofirma, 
jamg‘arma, 
brokerlik 
firmalari,yakka 
tartibdagi 
tadbirkor, 
subsidiya, 
aksiyadorlar, investor. 
Mavzuda ko‟rib chiqiladigan muammolar: 
1. Soddalashtirilgan soliq tizimini davlat byudjet daromadlarida tutgan o‘rni 
haqida. Siz qanday fikrdasiz? 
2. Yagona soliq to‘lovi va uni hisoblash qanday aniqlanadi. Buni qanday 
izohlaysiz? 
3. Yagona yer solig‘ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyatiga. Siz qanday fikr 
bildirasiz? 
4. Qat‘iy belgilangan solig‘ini hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi. Buni 
qanday izohlaysiz? 
1-savol bo‟yicha dars maqsadi:Yagona soliq to‘lovini joriy qilinishi, soliq 
stavkalari, kimlarga nisbatan qo‘llanilishi va soliq hisoblash bo‘yicha 
tushunchalar hosil qilish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
1.1. Yagona soliq to‘lovini tushuntira oladi. 
1.2. Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilarini izohlay oladi. 
1.3. Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqara oladi. 
1-asosiy savol bayoni: 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini soliq amaliyotiga tadbiq 
etilishi, uning iqtisodiy mohiyati. Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish 


164 
va chuqurlashtirish jarayonida kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida xususiy tadbirkorlik
kichik biznesni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni 
tovarlar bilan to‗ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish 
mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Soliqqa tortish tizimida 
olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‗nalishlaridan biri bo‗lib, kichik
biznes subektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 
159-son ―Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga 
o‗tishni qo‗llash to‗g‗risida‖ gi qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar 
soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibidan soddalashtirilgan, ya‗ni 
ixchamlashtirilgan soliq rejimiga o‗tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun 
yagona soliq to‗lash yoki umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini 
bajarish ixtiyoriy ekanligi qat‗iy belgilandi. Kichik korxonalar uchun yagona 
soliqning o‗rnatilishi soliq hisob-kitobini tuzishni osonlashtiradi hamda ular bir 
nechta soliq turi o‗rniga faqatgina bitta yagona soliq bo‗yicha soliq idoralariga 
soliq hisob-kitobini topshirish imkoniyatiga ega bo‗ldilar. Natijada korxona 
hisobchilarining ishi birmuncha osonlashdi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling