Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Soliq hisobini taqdim etish va soliqni byudjetga to„lash muddatlari


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Soliq hisobini taqdim etish va soliqni byudjetga to„lash muddatlari. 
Mikrofirma va kichik korxonalar, asosiy faoliyati bilan bir qatorda, boshqa 
faoliyat turlari bilan shug‗ullansalar, ushbu faoliyat turlari bo‗yicha ular alohida 
hisob yuritishlari hamda soliq to‗lovchilarning mazkur toifasi uchun qonunda 
nazarda tutilgan soliqlar, yig‗imlar va davlat maqsadli jamg‗armalari hamda 
Maktab ta‗limini rivojlantirish jamg‗armasiga majburiy ajratmalarni to‗lashlari 
shart. 
Birinchi chorak, yarim yil va 9 oy yakunlari bo‗yicha soliq to‗lovchilar 
ro‗yxatdan o‗tish joyidagi tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga hisobot 
choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‗yicha esa 
- yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida belgilangan shaklda yagona 
soliq to‗lovi bo‗yicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar. 
Mikrofirma va kichik korxonalar tarkibiga kirmaydigan korxonalar 
tomonidan – har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan 
kechiktirmay, yil yakunlari bo‗yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan 
muddatda taqdim etiladi. 
Yagona soliq to‗lovini to‗lash har chorakda o‗sib boruvchi yakun bilan 
hisobot choragidan keyingi oyning 25-kuniga qadar amalga oshiriladi. 
Yagona soliq to„lovi bo„yicha to„lovni kechiktirish tartibi hamda uning 
ahamiyati. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi 
―Mikrofirmalar 
va 
kichik 
korxonalarni 
rivojlantirishni rag‗batlantirish 
borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ PF-3620-son Farmoniga 
muvofiq yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq 
to‗lovini to‗lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi belgilangan. 
To‗lashni kechiktirish yagona soliq to‗lovi bo‗yicha soliq majburiyatini to‗lash 
muddatini muayyan muddatga ko‗chirishni anglatadi. 
To‗lash muddatini kechiktirish huquqini olish uchun korxona, yagona soliq 
to‗lovini to‗lashning birinchi muddati boshlanishiga ko‗pi bilan 15 kun 
qolganda, unga to‗lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‗g‗risida 
tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga belgilangan shaklda ariza 
topshiradi. 
Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasi to‗lash muddatini kechiktirish 
huquqini berish to‗g‗risidagi arizani ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish 
kuni mobaynida ko‗rib chiqadi, so‗ngra to‗lash muddatini kechiktirish yoki rad 
etish to‗g‗risida qaror chiqarib, korxonaning taqdim etilgan arizasiga qabul 
qilingan qaror natijasining tegishli belgisini qo‗yadi. 
Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasining rad etish to‗g‗risidagi qarori 
quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin: 

to‗lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‗g‗risidagi ariza 
belgilangan shaklda taqdim etilmagan bo‗lsa; 


173 

to‗lash muddatini kechiktirish huquqini berish to‗g‗risidagi ariza 
belgilangan muddatdan keyin topshirilsa

korxona yagona soliq to‗lovining to‗lovchisi hisoblanmasa. 
Yagona soliq to‗lovini to‗lash muddatini kechiktirish huquqini boshqa 
sabablarga ko‗ra rad etishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Korxona arizada ko‗rsatilgan ma‗lumotlarning to‗g‗riligi (haqqoniyligi) 
uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. 
To‗lash muddatini kechiktirish huquqi korxonaga korxona davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazilgan oyning 1-kunidan boshlab bir yilga beriladi. 
Misol uchun, agar korxona davlat ro‗yxatidan 15 yoki 25 yanvarda 
o‗tkazilgan bo‗lsa, mazkur korxonaga soliqni to‗lash muddatini kechiktirish 
huquqi joriy yilning 1 yanvaridan keyingi yilning 1 yanvarigacha bo‗lgan davrga 
beriladi. 
Korxonaning xohishiga ko‗ra soliqni to‗lash muddatini kechiktirish huquqi 
uning yozma arizasiga asosan bir yildan kam bo‗lgan muddatga berilishi 
mumkin. Korxona to‗lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan davrda boshqa 
soliq rejimiga o‗tganida, o‗tgan paytidan boshlab korxona to‗lash muddatini 
kechiktirish huquqidan mahrum bo‗ladi va unda qonunga muvofiq soliqlar, 
yig‗imlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash bo‗yicha majburiyatlar vujudga 
keladi. 
To‗lash muddatini kechiktirish yoki muddati kechiktirilgan to‗lov 
summasini so‗ndirish huquqi berilgan davrda korxona tugatilsa, to‗lash muddati 
kechiktirilgan to‗lov summasi qonunda nazarda tutilgan tartibda to‗lanadi. 
To‗lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan korxona tuman (shahar) 
davlat soliq inspektsiyasiga belgilangan tartibda, hisobot choragidan keyingi 
oyning 25-kuniga qadar yagona soliq to‗lovining hisob-kitobini taqdim etadi. 
Bunda korxona yagona soliq to‗lovi hisob-kitobining o‗ngdagi yuqori 
burchagiga ―O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-
3620-son Farmoniga muvofiq to‗lash muddati kechiktirilgan‖ belgisini qo‗yadi. 
Agar to‗lash muddatini kechiktirish huquqini berish muddati chorak oxiriga 
qadar tugasa, ushbu davrlar uchun yagona soliq to‗lovining summasini aniqlash 
uchun korxona davlat soliq xizmati organlariga yagona soliq to‗lovi hisob-
kitobining belgilangan shakli bo‗yicha yagona soliq to‗lovi bo‗yicha 
ma‗lumotnoma-hisob-kitobni taqdim etadi. 
Misol uchun, agar to‗lash muddatini kechiktirish huquqining muddati 1 
iyunda tugasa, korxona tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga aprel va may 
oylari uchun yagona soliq to‗lovining ma‗lumotnoma-hisob-kitobini taqdim 
etadi, iyun oyi uchun yagona soliq to‗lovining hisob-kitobi esa 25 iyulga qadar 
taqdim etadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling