Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish 
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq 
to„lovining joriy etilishi. Ma‗lumki, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 
2007 yil 1 yanvarga qadar byudjetga to‗lab kelgan yalpi daromadidan yalpi 
daromad 
solig‗i, 
mol-mulk 
solig‗i, 
tovarlar 
aylanmasidan Pensiya 


174 
jamg‗armasiga, Respublika Yo‗l jamg‗armasiga hamda Maktab ta‗limini 
rivojlantirish jamg‗armasiga majburiy to‗lovlar to‗lash o‗rniga O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2006 yil 18 dekabrdagi ―O‗zbekiston 
Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va 
Davlat byudjetining parametrlari to‗g‗risida‖ gi PQ-532-sonli qaroriga muvofiq 
2007 yil 1 yanvardan boshlab yagona soliq to‗lovini to‗lashga o‗tkazildi. 
2006 yil yakuni bo‗yicha asosiy (profil) faoliyat turi savdo faoliyati 
(umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat) hisoblangan yuridik shaxslar 
belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to‗lovlarini 
to‗lashlari shart qilib belgilandi. 
Shu bilan birga savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun: 
- bojxona to‗lovlari (bojxona bojlari va yig‗imlari, aktsiz solig‗i va 
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilishda qo‗shilgan qiymat solig‗i); 
- davlat bojlari; 
- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko‗rsatish huquqi uchun yig‗im. 
Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakuni bo‗yicha savdo (umumiy 
ovqatlanish) korxonasiga mansub bo‗lmasa, kelgusi yil boshidan boshlab 
umumbelgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar to‗lashga 
o‗tishlari shart, soliq solish tartibini tanlash huquqi saqlab qolinadigan 
mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Yagona soliq to‗lovi 
to‗lashga o‗tish savdo (umumiy ovqatlanish) korxonalari umumbelgilangan 
tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar to‗lashga o‗tgan birinchi hisobot 
choragi uchun foyda solig‗i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish solig‗i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 
bo‗yicha joriy to‗lovlarni to‗lamaydilar. Ishchilar sonidan qat‗iy nazar ulgurji, 
chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (shu jumladan kichik 
korxonalar va mikrofirmalar) yagona soliq to‗lovini to‗lovchilari hisoblanadi. 
Yagona soliq to‗lovi to‗lovchisini aniqlashda asosiy mezon bo‗lib, yuridik 
shaxsni davlat ro‗yxatidan o‗tkazganlik to‗g‗risidagi guvohnomada ko‗rsatilgan 
korxona faoliyatining kodi hisoblanadi. Bunda korxonaning ixtisoslashishi 
XXTUT asosiy kodga to‗g‗ri kelishi kerak. Agar korxonaning faoliyati XXTUT 
kodiga to‗g‗ri kelmasa, o‗z faoliyati kodini qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda statistika organlarida qayta ro‗yxatdan o‗tkazishga va ushbu toifadagi 
korxonalar (faoliyati turlari) uchun belgilangan tegishli soliqlarni to‗lashga 
majbur.
Yagona soliq to‗lovida realizatsiya (tovaroborot) umumiy yillik hajmida 
tushum ulushi aksariyat qismini tashkil etgan faoliyat turi, asosiy (profil) 
faoliyati turi hisoblanadi. 
Agar joriy yil yakuni bo‗yicha realizatsiya (tovaroborot) ning umumiy 
yillik hajmida tushum ulushi faoliyati turlari bo‗yicha bir xil miqdorni tashkil 
etsa, asosiy (profil) faoliyat turi o‗tgan hisobot yil yakuni bo‗yicha aniqlanadi. 


175 
Savdo (umumiy ovqatlanish) korxonalariga, soliq solish maqsadida, o‗tgan 
hisobot yili yakuni bo‗yicha asosiy (profil) faoliyat turi savdo faoliyati (umumiy 
ovqatlanish sohasidagi faoliyati) hisoblanadigan yuridik shaxslar kiradi. 
Savdo faoliyati deganda - qayta sotish maqsadida xarid qilingan tovarlarni 
sotish bo‗yicha faoliyat tushuniladi. 
Quyidagilar savdo faoliyati sifatida qaralmaydi: 
- o‗zi ishlab chiqargan mahsulot hisoblanadigan tovarlarni realizatsiya 
qilish, jumladan ularni mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan firma 
do‗konlari orqali realizatsiya qilish; 

komissioner 
(ishonchli vakil) tomonidan komissiya (topshiriq) 
shartnomalari bo‗yicha tovarlarni realizatsiya qilish, jumladan davlat 
daromadiga o‗tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish
- tayyorlov va ta‗minot-sotish faoliyati bilan shug‗ullanadigan korxonalar 
tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish. 
Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek 
boshqa oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni is‘temol 
qilishni tashkil etish bo‗yicha faoliyat tushuniladi. 
Yagona soliq to‗lovini hisoblashda soliq solish ob‗ekti bo‗lib, aksariyat 
hollarda yalpi tushum hisoblanadi, lekin savdo va umumiy ovqatlanish 
korxonalari uchun yalpi tushum bo‗lib tovarlar aylanmasi hisoblanadi. Bundan 
tashqari, savdo korxonalarining asosiy faoliyatdan tashqari boshqa daromadlari, 
moliyaviy faoliyatdan daromadlari va O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga 
muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar yalpi tushum tarkibiga kiritiladi. 
Shuningdek, yagona soliq to‗lovi hisob-kitob bazasini aniqlashda 
tushumdan quyidagilar chegirib tashlanadi: 
a) qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchilari uchun qo‗shilgan qiymat solig‗ini; 
b) davlat subsidiyalarini; 
v) davlat qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha daromadlar; 
d) to‗lov manbaida ushlab qolinishi lozim bo‗lgan dividendlar va foizlar 
ko‗rinishidagi daromadlar; 
e) o‗tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav kapitalini oshirishga 
yo‗naltirishda aktsiyador qo‗shimcha aktsiyalarining qiymati yoki aktsiyalarning 
nominal qiymatini ko‗paytirish tarzida olingan daromadlari; 
j) hisobot yilida aniqlangan o‗tgan yillardagi foyda. Mazkur daromadlar 
qaysi davrda paydo bo‗lgan bo‗lsa, o‗sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq 
shu davrdagi soliqlar va majburiy to‗lovlar bo‗yicha hisob-kitoblarni o‗tkazishni 
hisobga olgan holda soliqqa tortiladi. 
z) olingan grantlar. Grant deganda – ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadni 
ko‗zlagan, iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni 
bajarish uchun korxonaga davlat (hukumat), shuningdek nodavlat, xorijiy, 
xalqaro tashkilotlar va jamg‗armalar tomonidan ko‗rsatiladigan tekin, gumanitar 
mablag‗li yoki moddiy-texnik yordam tushuniladi. Grant mablag‗lari qat‗iy 
ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi. 


176 
i) ko‗p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovar 
(ish, xizmat)larni realizatsiya qilishdan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan 
bo‗lsa; 
k) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chegirmalar. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling