Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Nazorat savollari: 
1. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini soliq amaliyotida tatbiq 
etishning zarurligi nimada?
2. Soliq amaliyotida ilk bor qachon soddalashtirilgan soliq rejimi joriy 
qilingan va qaysi me‗yoriy xujjat asosida? 
3. Kichik biznes sub‗ektlari tarkibi qaysi mezonlar asosida belgilanadi? 
4. Yagona soliq to‗lovi qachon joriy etildi? 
5. Yagona soliq bilan yagona soliq to‗lovining farqi nimada? 
6. Yagona soliq to‗lovini to‗lovchilari kimlar? 
7. Yagona soliq to‗loviga soliq stavkalari qaysi mezon asosida belgilanadi? 


178 
8. Qanday yuridik shaxslar yagona soliq to‗lovidan imtiyozga ega? 
9. Yagona soliq to‗lovi byudjetga qaysi muddatlarda to‗lanadi? 
10. Yagona soliq to‗lovini byudjetga kechiktirib to‗lash tartibi qanday? 
11. Qanday holatlarda yagona soliq to‗lovini byudjetga kechiktirib to‗lashni 
soliq organlari rad etish mumkin? 
2-savol bo‟yicha dars maqsadi:Yagona yer solig‘ini joriy qilinishi, soliq 
stavkalari, kimlarga nisbatan qo‘llanilishi va soliq hisoblash bo‘yicha 
tushunchalar hosil qilish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
2.1. Yagona yer solig‘ini tushuntira oladi. 
2.2. Yagona yer solig‘ini to‘lovchilarini izohlay oladi. 
2.3. Yagona yer solig‘ini hisoblab chiqara oladi. 
2-asosiy savol bayoni: 
Yagona yer solig„ining joriy etilishi va ahamiyati. 1999 yilda qishloq 
xo‗jalik korxonalarini soliqqa tortish tizimida tub o‗zgarishlar yuz berdi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi ―Qishloq 
xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun yagona yer solig‗ini joriy etish 
to‗g‗risida‖ gi PF-2086-sonli Farmoniga muvofiq 1999 yilning 1 yanvaridan 
boshlab qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‗i 
joriy etildi. 
Qishloq xo‗jalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‗ini 
joriy etilishi, o‗z navbatida ularni quyidagi soliqlar va yig‗imlarni to‗lashdan 
ozod qildi: 
- foyda solig‗i; 
- qo‗shilgan qiymat solig‗i; 
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
- yer solig‗i; 
- yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; 
- mol-mulk solig‗i; 
- obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i; 
- boshqa mahalliy soliqlar va yig‗imlar. 
Yagona yer solig‗i to‗lovchilari hisoblangan qishloq xo‗jalik tovarlari 
ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona to‗lovlari, davlat boji, litsenziya 
yig‗imlari, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, shuningdek aktsizosti 
mahsulotlarga aktsiz solig‗ini to‗lashning amaldagi tartibi saqlab qolindi. 
Yagona yer solig‗ini joriy qilishdan maqsad qishloq xo‗jalik erlaridan 
foydalanish samaradoriligini oshirish, qishloq xo‗jalik tovar ishlab 
chiqaruvchilarini mehnatining pirovard natijalaridan iqtisodiy manfaatdorligini 
kuchaytirish, 
qishloq 
xo‗jalik korxonalarini soliqqa tortish tizimini 
soddalashtirish va birxillashtirishdan iboratdir.
Mazkur soliqning amalga kiritilishi qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilarni tasarrufidagi erlaridan yanada oqilona foydalanishga da‗vat 
etadi, chunki har bir gektar er maydoni uchun undan daromad olish yoki 


179 
daromad olmaslik holatidan qat‗iy nazar belgilangan miqdordagi soliq 
summasini to‗lash lozim bo‗ladi.
Qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‗ining 
joriy etilishi soliqqa tortish tizimida uning amal qilishi jarayonini yanada 
takomillashtirishdan dalolat beradi. Soliqqa tortishning ushbu tizimi xo‗jaliklar 
hisobchilarining soliqlarni hisoblash va to‗lash borasidagi ishlarnini keskin 
kamaytirdi. Ilgari qishloq xo‗jalik korxonalari o‗nlab turdagi soliqlar va 
yig‗imlarni to‗lashardi. Agar ayrim soliq turlarining har oyda va har yilning har 
choragida to‗lanishini hisobga oladigan bo‗lsak, unda ayrim xo‗jaliklar davlat 
soliq organlariga soliqlar bo‗yicha 30 dan ortiq hisob-kitoblarni taqdim etishi, 1 
yilda ana shuncha to‗lov topshiriqnomalarini to‗ldirishi kerak bo‗lar edi. 
Endilikda esa xo‗jaliklar 1 yilda 1 marta bir turdagi soliq summaini hisoblab 
chiqishadi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling