Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Yagona yer solig„i to„lovchilari, soliq ob„ekti va soliq bazasi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Yagona yer solig„i to„lovchilari, soliq ob„ekti va soliq bazasi. 
Qishloq xo‗jaligi tovari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda qishloq 
xo‗jaligi yo‗nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental 
xo‗jaliklari va ta‗lim muassasalarining o‗quv-tajriba xo‗jaliklari yagona yer 
solig‗ining to‗lovchilari bo‗lib hisoblanishadi. 
Soliq kodeksiga ko‗ra quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar 
– soliq solish maqsadida qishloq xo‗jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar 
tarkibiga kiradi:
- yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‗jaligi mahsulotini 
etishtirish va o‗zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer 
uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‗jaligi mahsulotini etishtirish 
asosiy faoliyat turi bo‗lgan yuridik shaxslar
- qishloq xo‗jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari 
tomonidan o‗zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo‗lgan 
yuridik shaxslar; 
- qishloq xo‗jaligi mahsulotini etishtirish va o‗zi etishtirgan mazkur 
mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun 
olingan qishloq xo‗jaligi mahsulotini o‗z ichiga oluvchi qishloq xo‗jaligi 
mahsulotini etishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni 
tashkil etadigan yuridik shaxslar. 
O‗rmon va ovchilik xo‗jaliklari hamda yuridik shaxs tashkil etgan va 
tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‗jaliklari yagona yer solig‗ini 
to‗lovchilar hisoblanishmaydi. 
Qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‗zlari ishlab chiqargan 
qishloq xo‗jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‗yicha 
mazkur faoliyat turidan yagona yer solig‗ini to‗laydilar va ular boshqa soliqqa 
tortish tizimini tanlash huquqiga ega emaslar.
Yagona yer solig‗ini to‗lovchi hisoblangan qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilari uchun bojxona bojlari, davlat bojlari, litsenziya yig‗imlari, 
davlat maqsadli jamg‗armalariga ajratmalarni to‗lashning amaldagi tartibi 
saqlanadi


180 
Agar yagona yer solig‗ini to‗lovchi qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilari o‗zlari ishlab chiqargan qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish va qayta ishlash bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan 
shug‗ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turlari 
bo‗yicha shu toifadagi to‗lovchilar uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan 
nazarda tutilgan soliqlarni to‗lashga majburdirlar. Bunda, agar qishloq xo‗jaligi 
tovar ishlab chiqaruvchilari mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirsa, 
faoliyatning boshqa turlari bo‗yicha (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari 
uchun belgilangan soliqlar va yig‗imlar to‗lanadigan savdo va umumiy 
ovqatlanishdan tashqari) ular faoliyatning mazkur turi uchun nazarda tutilgan 
yagona soliq to‗lov yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar to‗laydilar. 
Qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan erlar ijaraga (shu 
jumladan ichki xo‗jalik pudratiga) berilganda ijaraga beruvchida ijaraga berilgan 
erlar bo‗yicha yagona yer solig‗ini to‗lash majburiyati saqlanib qoladi.
Qishloq xo‗jaligini yuritish uchun egalik qilish, foydalanishga yoki ijaraga 
berilgan er uchastkasi maydoni yagona yer solig‗i solish ob‗ekti hisoblanadi. 
Soliq solinadigan er uchastkalarining normativ qiymati soliq solinadigan 
baza hisoblanadi. Agar normativ qiymat belgilanmagan bo‗lsa, unda soliq 
solinadigan baza bo‗lib qishloq xo‗jaligi tovari ishlab chiqaruvchilarning soliq 
solinadigan yer uchastkalari maydoni hisoblanadi. 
Soliq solinadigan qishloq xo‗jaligi yer maydonlari, yer uchastkalarining 
joylashishi, tuproq boniteti va yer mulkining boshqa tavsiflari yer kadastri 
ma‗lumotlari bo‗yicha qabul qilinadi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling