Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Soliqni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va to„lash tartibi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Soliqni hisoblash, hisob-kitoblarni taqdim etish va to„lash tartibi. 
Qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer solig‗i summasini 
belgilangan shakl bo‗yicha soliq solinadigan bazaga qarab yer uchastkalarining 
normativ qiymati hamda er uchastkalarining maydonidan (yer uchastkasi 
joylashgan yer va yer uchastkasining ball bonitetini nazarda tutadigan tuzatish 
koeffitsienti e‗tiborga olingan holda belgilangan stavkadan) kelib chiqqan holda 
hisoblab chiqariladi. 
Yagona yer solig‗ining hisob-kitobi er uchastkasi joylashgan yerdagi davlat 
soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi. 
Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig‗i er 
uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to‗lanadi. Yer uchastkasi olib 
qo‗yilgan taqdirda, yagona yer solig‗ini to‗lash yer uchastkasi olib qo‗yilgan 
oydan boshlab to‗xtatiladi. 
Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‗zgargan, shuningdek 
yagona yer solig‗i bo‗yicha imtiyozlarga bo‗lgan huquq vujudga kelgan 
(tugatilgan) taqdirda, soliq to‗lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot 
yilining 1 dekabrigacha yagona yer solig‗ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini 
taqdim etishlari lozim bo‗ladi.
Yagona yer solig‗ini byudjetga to‗lash quyidagi muddatlarda amalga 
oshiriladi: 
- hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik soliq summasining 20 foizi; 
- hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi; 
- hisobot yilining 1 dekabrigacha – soliqning qolgan summasi. 
Qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari buxgalteriya hisobida 
yagona yer solig‗i bo‗yicha byudjet bilan hisob-kitobni byudjetga to‗lovlar 
bo‗yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‗ida yuritadilar. 
 Qishloq xo„jalik korxonalarini soliqqa tortishda xorijiy davlatlar 
tajribasi 


182 
Globallashuv sharoitida jaxon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, agrar tarmoqning 
jadal o‗sishi mamlakatda iqtisodiyotning yuksalishi uchun asosiy omillardan biri 
bo‗lib hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilarining soliqqa tortish tizimi yanada soddalashtirilishga qarab 
ketmoqda. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida soliqlar tabaqalashtirilgan bo‗lib, 
o‗rnatilgan soliqlar soliq ob‗ektidan yoki daromad olish darajasidan kelib chiqib 
byudjetga to‗lanadi. Agrar sektorga ma‗lum bir imtiyozlar hamda maxsus soliq 
rejimi qo‗llaniladi va ular albatta ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog‗liq 
bo‗ladi. Bu xususiyatlarga fasllar almashinuvi, tabiiy ob-havo sharoitlarini misol 
qilish mumkin. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilari to‗laydigan soliqlar tarkibiga nazar tashlanganda, ularning turli 
mamlakatlar miqyosida soliq turlariga qarab soliqlarni tabaqalashganini ko‗rish 
mumkin (14-jadval).

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling