Nazorat savollari:
1. Qat‗iy belgilangan soliqning to‗lovchilari kimlar?
2. Qat‗iy belgilangan soliqning to‗lovchilari qanday holatda boshqa
to‗lovlarni to‗lashi mumkin?
3. Qat‗iy
belgilangan soliqning stavkalari qaysi mezon asosida
tabaqalashtiriladi?
4. Qat‗iy belgilangan soliqning stavkalari qaysi davlat organi tomonidan
belgilanadi?
5. Qat‗iy belgilangan soliq miqdorini byudjetga to‗lash davri qanday?
6. Qanday holatda dehqon bozorlarida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari bilan
savdo qilinganda qat‗iy belgilangan soliqni to‗lashmaydi?
7. Soliq davrida tadbirkor kasal bo‗lganda yoki oilaviy sharoit tufayli
ishlamaganda soliqni to‗lashi qanday tartibda amalga oshadi?
8. Tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‗xtatganda qanday tartibda xujjatlarni
rasmiylashtiradi?
9. Jismoniy shaxs bir nechta faoliyat turi bilan tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirganda qanday tartibda soliq to‗laydi?
10. Tadbirkor ijaraga olingan vositalar bilan faoliyatni amalga oshirganda
mol-mulkini ijaraga beruvchilar to‗g‗risida soliq idoralariga qanday
tartibda ma‗lumotnoma taqdim etadi?
Mavzu bo‟yicha asosiy xulosalar:
Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayonida
kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor
iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni
rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni tovarlar bilan
to‗ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish mamlakat oldida
turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan
islohotlarning muhim yo‗nalishlaridan biri bo‗lib, kichik biznes subektlarini
soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi.
2005 yilning 1 iyuldan boshlab O‗zbekiston soliq tizimida kichik biznes
sub‗ektlarining ba‗zi toifalari uchun yagona soliq to‘lovi joriy qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |