N = V x St,
bu erda:
N - hisoblab yozilgan soliq;
V - jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yonilg‗isi yoki gazning
natural ifodadagi hajmi;
St – soliq stavkasi.
Hisoblab chiqarilgan va ushlangan soliq summasi xo‗jalik yurituvchi
sub‗ektlar uchun tushum deb hisoblanmaydi hamda boshqa to‗lanadigan
soliqlar, yig‗imlar va majburiy to‗lovlar bo‗yicha soliq solish ob‗ekti yoki bazasi
bo‗lmaydi.
Soliq hisobini yuritish va uni byudjetga to„lash muddatlari
Soliq to‗lovchilar sotilgan benzin, dizel yonilg‗isi, gaz hisobi hamda
hisoblangan soliq summalari hisobini alohida yuritadilar.
Byudjet bilan hisob-kitoblar hisobi "Byudjet bilan hisob-kitoblar"
hisobvarag‗i bo‗yicha - "Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin,
dizel yonilg‗isi va gaz iste‘moliga soliq" ilova hisobvarag‗ida yuritiladi, soliqni
o‗tkazish "Hisob-kitob varag‗i" hisobvarag‗i bo‗yicha aks ettiriladi.
Undirilgan soliq mahalliy byudjetga O‘zbekiston Respublikasi byudjetlari
daromad va xarajatlarining tegishli tasnifiga ko‗ra bo‗lim va paragrafga
to‗lanadi.
Joriy o‗n kunlik to‗lovlar hisobga olingan soliq bo‗yicha hisob-kitob (13-
ilova) avtomobilga yonilg‗i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi davlat soliq
xizmati organlariga:
-korxonalar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari) –
har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil
yakunlari bo‗yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda
taqdim etiladi;
-mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida
hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari
bo‗yicha esa - yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida, belgilangan
shaklda taqdim etiladi.
Soliq bank muassasalari orqali har o‗n kunda, benzin, dizel yonilg‗isi va
gaz jismoniy shaxslarga sotilgan oy o‗n kunligi tugaganidan so‗ng uchinchi
kundan kechiktirmay to‗lanadi.
Soliq hisobotida ko‗rsatilgan ma‗lumotlarning xaqqoniyligiga javobgarlik
soliq to‗lovchining zimmasiga yuklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |