Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/180
Sana28.12.2022
Hajmi1.82 Mb.
#1024791
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   180
Bog'liq
portal.guldu.uz-SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH

Nazorat savollari: 
1. Mahalliy yig‗im deganda nimani tushunasiz? 
2. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko‗rsatish huquqi uchun yig‗im soliq kodeksining qaysi 
moddasiga tegishli? 
3-savol bo‟yicha dars maqsadi: Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari 
zarurligi haqida tushunchalar hosil qilish. 
Identiv o‟quv maqsadlari: 
3.1. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlarini tushuntira oladi. 
3.2. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlariga qanday daromadlar kirishini 
izohlay oladi. 
3.3. Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari qanday tartibda turkumlanishini 
aniqlay oladi. 
3-asosiy savol bayoni: 
Davlat byudjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi va mohiyati. 
Davlat byudjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli 
mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy 
faoliyatdan 
kelgan 
daromadlar, 
xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy 
yordamlar va davlatning maxsus maqsadli byudjet jamg‗armalari kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi qonuniga 
muvofiq davlat byudjetining soliqsiz daromadlariga yuridik va jismoniy 
shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul 
tushumlari, rezident – yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan byudjet 
ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‗lovlar va davlatning moliyaviy va 
boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan 
olingan daromadlar kiritilgan.
28
Ushbu qonunda soliqsiz daromadlarning yoki 
soliqdan tashqari to‗lovlarning uch asosiy turi e‘tirof etilgan. 
Rossiya Federatsiyasida yuqorida qayd etilgan uchta asosiy daromad 
turidan tashqari, Federal yo‗l jamg‗armasining mablag‗lari, markazlashgan 
28
O‘zbekiston Respublikasining ―Byudjet tizimi to‘g‘risida‖gi qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Moliyaviy 
qonunlari. -T.: Adolat, 2001. -8 b. 


195 
ijtimoiy rivojlantirish jamg‗armasining mablag‗lari ham byudjetning soliqsiz 
daromadlari tarkibiga kiritilgan. 
Davlatning maxsus maqsadli jamg‗armalari pul mablag‗larini soliqsiz 
daromadlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo‗lmaydi. Buning sababi 
shundaki, birinchidan, mazkur jamg‗armalarga qilingan ajratmalar soliq 
xarakteriga ega bo‗lib, bunda soliq to‗lovchilar bilan davlat o‗rtasida tovar-pul 
munosabatlari mavjud emas; ikkinchidan, maqsadli jamg‗armalarga qilingan 
ajratmalar soliqlarga xos bo‗lgan muhim xususiyatga, ya‗ni to‗lovni amalga 
oshirishda sub‗ektlar mulk shaklining o‗zgarishi xususiyatiga egadir. 
Soliqqa kirmaydigan, ya‗ni soliqsiz daromadlarning ko‗pchiligi doimiy, 
qat‘iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (byudjet) daromadlari 
ko‗rinishiga ega bo‗lmaydi. Byudjetning soliqsiz daromadlari qat‘iy 
rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko‗p hollarda ular, odatda ilgarigi 
yildagi 
tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq 
daromadlari kabi O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan 
jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham 
majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bo‗lishi mumkin. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling